Rasman: Ivan Solovyov “Nasaf” futbolchisiga aylandi
26 jan 2022 18:43
Yangiliklar


Rasman: Ivan Solovyov “Nasaf” futbolchisiga aylandi
Rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov “Nasaf” bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
O'z vaqtida Rossiya Premer-ligasi ishtirokchilari "Zenit" va "Dinamo" kabi jamoalarda to'p tepgan, oxirgi uch mavsumni Namanganning “Navbahor” jamoasida o'tkazgan Ivan yangi mavsumda “ajdarlar” safida harakat qiladi.
Ivan Solovyov Superligada 70 uchrashuvda maydonga tushgan va 6 gol muallifiga aylangan.
“Nasaf” oilasiga xush kelibsan, Ivan!, - deb yozadi “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati.
Ivan Solovyov haqida qisqacha malumot:
To'liq ismi: Ivan Solovyov
Tug'ilgan sana: 29.03.1993
Tug'ilgan joyi: Rossiya, Kaluga
Millati: Rus
Amplua: Yarim himoyachi
Eslatib o'tamiz, 21 yanvar kuni saytimizda Solovyovning "Nasaf"ga o'tayotgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar