So’nggi yangiliklar

23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  7 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  1 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  4 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  2 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  104 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  3

Vadim Abramov: "Bizni "Navbahor"dek jamoaga qarshi o'yindagi durang ham qoniqtirmasdi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bizni "Navbahor"dek jamoaga qarshi o'yindagi durang ham qoniqtirmasdi"

"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov "Navbahor" (0:0)ga qarshi Superliga 1-tur doirasidagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

— Avvalo, barcha muxlislarni yangi mavsum bilan tabriklayman. O'yin teng kurashlar ostida kechdi. G'alaba qozonishimiz ham, mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Vaziyatlar bo'ldi, ammo undan foydalanishda oqsadik. Muxlislar gol ko'rish uchun kelishadi, ammo u bo'lmadi, shu sabab kechirib qo'yasiz.

— Anvar Hojimirzaev bugun ikkita vaziyatdan foydalana olmadi.

— Namangan muxlislarini tabriklayman, ularni xafa qilishni xohlamadi. Futbol shunday, keyingi o'yinda gol urishiga umid qilamiz.

— "Dinamo" Namangandagi 27-o'yinini o'tkazdi va 7-durang kuzatildi. Samarqand jamoasi bu erda hali g'alaba qozona olmagan. "Dinamo" hujumlar qildi, ammo uni yakunlay olmadi. Penaltini dastlab Marko Stanoevich tepmoqchi edi, ammo Anvar Hojimirzaev bu ishni o'z zimmasiga oldi.

— Birinchi savolga javob beradigan bo'lsam, bu hayojon bilan bog'liq bo'lishi mumkin, baribir birinchi rasmiy o'yin edi. Penaltiga kelsak, Anvar bizda oldindan penaltini tepardi. Marko mendan buni so'raganida, "Nasaf"da penaltidan ura olmaganini aytdi. U esa faqat bir bor o'n bir metrlik nuqtadan gol ura olmaganini aytdim. Ammo, men o'shani eslab qolganman. Anvar Hojimirzaev tepishi mening qarorim edi. Bugun u o'yinda juda faol harakat qildi, ammo bugun uning kuni emas edi. Bugun "Navbahor"dek jamoaga qarshi mehmonda yutishni xohlagandik, durang bizni qoniqtirmasdi. Yigitlar uchun mamnunman.



— O'tgan mavsum Hojimirzaev va Kojo tandemini ko'rgandik. Hozirda esa Fraydey va Mirahmadov bilan bu ishlamayotgandek. Shuningdek, Kojoning ketganini klub elon qilmadi ham, u esa OCHLda o'ynab yuribdi.

— Ketganini barcha biladiku, biz nimani elon qilishimiz kerak? Kojosiz Anvar qiynalib qolayotganini aytishga juda erta. Atigi bir tur o'tdi, beshta turdan so'ng bu haqda nimadir deyish mumkin. Anvar bugun gol urishi mumkin edi, ammo bugun uning kuni emas edi.

— "Dinamo"ning bu mavsumdagi maqsadi qanday?

— 16 jamoa kabi eng yuqori o'rin. Qaysidir o'rin uchun kurashamiz deyishimiz g'alati. Samarqandning yangi hokimi klubning bazasi yo'qligi, mashg'ulot maydoni yo'qligiga etibor qaratadi degan umiddaman. O'ylaymanki, "Dinamo" shundan so'ng eng yuqori o'rin uchun kurashadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика