So’nggi yangiliklar

17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   2 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  1 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  5 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6

Superliga. Amaldagi chempion mavsumni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

Superliga. Amaldagi chempion mavsumni g'alaba bilan boshladi

Superliganing birinchi turi doirasidagi "Nasaf" - "So'diyona" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

“Nasaf” — “So'g'diyona” 1:0
09.03.2025
Bosh hakam: 
Shavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar: Daniil Yacenko, Amir Galeev
Zaxira hakami: Jahongir Noraliev
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Akmal G'iyosov

Gol: Muhammadyusuf Sobirov (35-avtogol).

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Akmal Mozgovoy (22. Igor Golban, 89), 10. Dragan Cheran (24. Sardorbek Bahromov, 89), 14. Sharof Muhiddinov, 18. Husayn Norchaev, 18. Stefan Cholovich (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 66), 28. Shuhrat Muhammadiev, 34. Sherzod Nasrullaev ( 9. Javohir Sidiqov, 25), 77. Oybek Bozorov, 92. Umar Eshmurodov.

Zaxiradagilar: 1. Oleksandr Vorobey, 17. Suhrob Nurulloev, 33. Bahodir Halilov, 73. Diyorbek Asomiddinov, 80. Davronbek Usmonov.

"So'g'diyona": 21. Muhammadyusuf Sobirov, 2. Zoir Jo'raboev, 3. Islomjon Qobilov, 4. Otabek Ahadov, 7. Xondamir Mustafoqulov, 8. Suhrob Izzatov, 9. Samandar Mavlonqulov (77. Luka Jorjevich, 62), 17. Ehsoni Panshanbe (28. Stanislav Andreev, 62), 19. Javohir Qahramonov, 32. Nodirjon Soyibov, 99. Umidbek Sultonov (14. Lyupcho Doriev, 46).

Zaxiradagilar: 1. Shohruh Isoqov, 5. Behruz Jumatov, 6. Samandar Sindarov, 20. Fazliddin Omonkeldiev, 23. Sardorbek Hoshimov, 34. Dilshodbek Misiraliev.

Ogohlantirish: Dragan Cheran (27), Nodir Soyibov (77), Shuhrat Muhammadiev (84).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! So'nggi 3 o'zaro o'yindan keyin "Nasaf" ilk marta "So'g'diyona"ga gol urdi va bu g'alaba uchun etarli bo'ldi.

O'yinga 4 daqiqa qo'shildi.

90. UXXXXX!! Darvoza ustuniga to'p tegdi! To'p "Nasaf" darvozasiga kirishni istamadi. Jorjevich boshi bilan zarba yo'llagan ekan.

89. Ro'ziqul Berdiev maydonga Igor Golbanni tashladi. Endi tavakkal qilib bo'lmaydi.

88. UXXXXXX!! Sidiqov ikki raqibini aldab, darvozani nishonga oldi. Himoyachiga tekkan to'p maydonni tark etdi.

85. ZARBAAAAAAA!! "Nasaf" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Bozorovning pasidan keyin Mozgovoy qulay nuqtadan sodda zarba yo'llab qo'ydi. Sobirov uchun bu zarba qiyin bo'lmadi.

85. Stanislav Andreevning jarimadan uzatgan to'pini Cheran qaytarib yubordi.

84. Shuhrat Muhammadiev ogohlantirildi. "So'g'diyona"da jarima zarbasi.

83. Javohir Qahramonovning zarbasini Nematov ushlab oldi.

81. "Nasaf"ning hujumi Abdirahmatovning boshi bilan yo'llagan noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

77. Tezkor qarshi hujumni to'xtatib qolgani uchun Nodir Soyibov ogohlantirildi.

74. Akmal Bozorovning o'ta kuchli zarbasi tribuna sari yo'l oldi.

72. "Nasaf" o'yin tempini pasaytirib, raqib shashtini tushirish niyatida.

69. "Nasaf" so'nggi 3 o'yinda "So'g'diyona"ga gol ura olmayotgandi. Bugun bu amalga oshdi.

62. "So'g'diyona" tarkibida ikki o'zgarish bo'lganidan keyin birdaniga gol o'tkazishi mumkin bo'lgandi. Zarba noaniq ketdi.

60. Norchaev hisobni oshirishi mumkin bo'lgandi. Uning birinchi zarbasini himoyachilar, ikkinchi zarbasini darvozabon qaytardi.

O'tgan mavsumda "So'g'diyona" ikkala o'yinda ham "Nasaf"ni mag'lub qilgandi. "Nasaf"ning ikkinchi mag'lubiyati chempionlikdan keyingi seriyaga to'g'ri kelgandi.

57. "So'g'diyona" standartga ega bo'ldi. Biroq bundan samara chiqara olmadi jizzaxliklar.

55. Bugun "Nasaf" muxlislari Shavkat Nasibullaevni ko'p eslashdi. Menimcha, uning bugungi qarorlariga umuman etiroz yo'q.

52. "So'g'diyona" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pga noaniq zarba yo'llandi.

O'zPFL gol muallifini o'zgartirdi. Muhammadyusuf Sobirovga avtogol yozilibdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "So'g'diyona"da Doriev maydonga tushdi.

Tanaffus!

45+1. UXXXXX!! Norchaevda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Uning zarbasi darvozaning ustidan o'tib ketdi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

44. Jizzaxliklar burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni "Nasaf" futbolchilari oldinga chiqarib yubordi.

42. "So'g'diyona" nihoyat hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Nematov ushlab oldi.

40. "So'g'diyona" to'pni ushlab turibdi. Lekin hozircha "Nasaf" bo'sh hudud bermayapti.

O'zPFL bu golni Sharof Muhiddinov nomiga yozdi. Demak, rasmiy malumot shu.

Bu gol kimga yozilishi qiziq...

35. GOL! SUPERGOL! Sharof Muhiddinovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi avval to'singa, keyin Sobirovga tegib darvozaga kirib ketdi!

31. Garchi masofa uzoqroq bo'lsa-da, Umid Sultonov o'sha nuqtadan Abduvohid Nematovga gol urmoqchi bo'ldi. Uning zarbasi noaniq ketdi.

30. "So'g'diyona" jarima zarbasiga ega bo'lmoqda. Bu masofadan gol urish qiyinroq.

27. Dragan Cheran ogohlantirildi. U bu kartochkaga loyiq edi, biroq hakamning ko'rsatgan kartochkasi muxlislarga maqul kelmadi.

25. Sherzod Nasrullaev almashtirildi. Uning o'rnini Javohir Siddiqov egalladi.

22. Sherzod Nasrullaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

19-daqiqada 19-raqamli Qahramonov "Nasaf" darvozasiga zarba yo'lladi. Zarba 19 metrga noaniq kettiyov...

15. "Nasaf"dan navbatdagi hujum. Nasrullaevning qanotdan uzatmasi uchun kurashda Norchaev g'alaba qozondi, biroq zarba yo'llay olmadi.

13. Norchaev hujumda Qobilovdan to'pni olib qo'ydi va o'yindagi ilk aniq zarbani yo'lladi. O'tkir burchakdan tepilgan to'pni Sobirov ushlab oldi.

11. "So'g'diyona" to'p bilan "Nasaf" jarima maydonchasiga kirdi. Lekin ish zarbagacha etib bormadi. 

8. Bahsdagi ilk zarbani ko'rdik. Sharof Muhiddinovning zarbasiga himoyachilar "blok" qo'yishdi.

4. Dastlabki daqiqalarda ikkala jamoa vakillari bir martadan raqib jarima maydonchasiga kirdi. Biroq vaziyat yaratilganicha yo'q.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.

- Stadion uzra O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangramoqda.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishga shay holatda!

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика