So’nggi yangiliklar

17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  6 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   0 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  0 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  2 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  7 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0

Sergey Lushan: "Futbolni ozgina bo'lsa ham tushunadigan odam bir oyda jamoa yig'ib bo'lmasligini tushunadi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Futbolni ozgina bo'lsa ham tushunadigan odam bir oyda jamoa yig'ib bo'lmasligini tushunadi"

"Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushan "Dinamo" (0:0)ga qarshi Superliga 1-tur doirasidagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

— Bahs keskin kurashlar ostida o'tdi, har ikki jamoada ham vaziyatlar bo'ldi. Ayniqsa "Dinamo"ning penalti ura olmaganini hisobga olsak, bugungi durangni qoniqarli desa bo'ladi.

— "Dinamo" bugun "Navbahor"dan yaxshiroq ko'rindi. Umuman yoshlarga ko'proq urg'u qaratasizmi? Masalan, 15-raqamli Javohir Abdujabborov o'yinda biroz yo'qolib qoldi.

— Futbolni ozgina bo'lsa ham tushunadigan odam bir oyda jamoa yig'ib bo'lmasligini tushunadi. Muxlislar bilan ham uchrashuvda aytganimdek, tarkib butunlay yangilandi. Masalan, bugun o'tgan yilgi tarkibda faqatgina Mirsaidov va Jiyanov o'ynashdi. Ular o'tgan yili asosiy tarkib futbolchilari emasdi, bu yildan esa etakchilarga aylanishdi. Bugun o'yinchilar ko'rsatgan narsa aqlbovar qilmas ko'rsatkichdir. O'yinga 2 soat qolganda ikki o'yinchimiz maydonga tushishi mumkin emasligini aytishdi. Buni boshqacha qilib tushuntira olmayman, faqat so'kish orqali tushuntirishim mumkin. O'tgan yili "Neftchi"ga qarshi o'yinda ham shunday voqea ro'y bergandi. Ammo, ularning o'rniga maydonga tushganlar ajoyib harakat qilishdi.

— Jarima zarbasini Iminjonov ijro etishi kerakligini aytdingiz. Ko'rdikki, unda ajoyib zarba bor ekan. Bunday keyin ham standart vaziyatlar Iminjonovga berilishi mumkinmi?

— Hamma futbolchilarning o'ziga xos jihati bor. Keyingi o'yinlarda Iminjonovning nuqtasi bo'lsa, u tepishi mumkin. Ammo, bizda standart vaziyatdan ajoyib tepa oladigan olti o'yinchi bor.



— O'tgan yili jamoada 80% mahalliy o'yinchilar bo'lishi kerak deyilgandi. Ammo, boshqa viloyatlardan ham o'yinchilar olib kelindi. Reja o'zgarishi nima bilan bog'liq?

— Tarkibdagi 30 o'yinchidan 16 nafari Namangan futboli tarbiyalanuvchilaridir. Bunaqasi Superliganing boshqa klubida bo'lmasa kerak.

— Birinchi bo'limda oldingi chiziqda Pedro o'ynadi, ikkinchi bo'limda esa Ubaydullaev va O'rinboev maydonga tushdi. Legioner o'yinchini almashtirish sababi nimada?

— Almashtirishlar o'yin borishiga qarab qilinadi. "Dinamo"ning markaziy chizig'i kuchli edi, shu sabab o'zgarishlar qildik. Hujumga kelsak, qanotlardan oldinga o'tishga urindik. Bizda bugun pozicion hujumlar bo'lmadi. Pedroning almashtirilishi? U 5 kun oldin keldi. Uning sifatli o'yinchi ekanligini bilamiz. Bu erdagi futbolni his qilishi uchun birdan asosiy tarkibda tushirdik. U ayniqsa ikkinchi qavatda juda kuchli o'yin namoyish etadi.

— Jamoaga bu mavsum qanday vazifa qo'yilgan?

— Jamoaga qo'yiladigan maqsad o'zgarmaydi — birinchi o'rin.

— PFLning taqiqi haqida nima deya olasiz?

— Bu savol menga taaluqli emas. Bunga javob beradigan insonlar bor. Rahbariyat buni hal etishi barcha ishni qilmoqda, bu deyarli hamma joyda kuzatiladigan holat.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика