So’nggi yangiliklar

22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  3 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  8 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10

Ivan Boshkovich: "Futbolda barchasi har doim siz istagandek bo'lavermaydi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Futbolda barchasi har doim siz istagandek bo'lavermaydi"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan “Nasaf" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalambor, barchani O'zbekistonda katta futbol mavsumining boshlanishi bilan tabriklayman. Og'ir o'yin bo'ldi deb ayta olaman. Vaziyatlarimizni kutdik va shu orqali raqib darvozasini ishg'ol qilmoqchi edik. Kurashlarga boy bahs guvohiga aylandik. Raqib juda kuchli edi. Rejamizda g'alaba edi, yakunlarda xatolikka yo'l qo'ydik. "Nasaf"da ham, bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Keyingi o'yinlarga yanada jiddiy tayyorgarlikka kirishamiz.

- "So'g'diyona"da yaxshi jamoa tuza oldingiz. Bu yilgi mavsumda rejalar qanday?

- Har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz. Ko'proq mahalliy yoshlarga imkoniyat berish asosiy maqsadimiz. Ular o'yinlar davomida o'sib boradi, jamoamiz ham kuchayadi. Ko'p futbolchilarimiz turli davlatlar yoshlar terma jamoalariga asosiy nomzodlar sanalishadi. Maqsadimiz yo'lidagi jarayonda kutish, sabr qilish kerak bo'lgan jihatlar ham bor. 

- Bugun chempionatning ilk o'yini edi. Bunda futbolchilarda bosim bo'ladimi?

- Albatta, har doim birinchi o'yinlarda hayajon bo'ladi. Aniqlik etishmaydi, bazan moslashib olish uchun etarli darajada tajriba bo'lmaydi. Yorqin futbol namoyish etish qiyin, boringizni ko'rsatib bera olmaymiz.



- Doriev va Andreevlar bilan bog'liq qanday rejalaringiz bor edi?

- Ular shubhasiz jamoamiz etakchilari. Biroq bazan jarohatlar pand berali, tavakkal qilishni istamaysiz. Futbolda bir kishi bilan bog'liq bo'lmagan sabablar ko'p, shu bois barchasi siz istagandek bo'lavermaydi. 

- Siz uchun bugungi o'yin juda emocional o'tgandek ko'rindi ...

- Men doim o'yin haroratida emocional bo'lsam kerak. Xotirjamlikka intilaman, biroq o'zbek futbolida hakamlar meni hammadan ham ko'proq eslab qolishsa kerak.

- O'tgan mavsum "Nasaf"ni 2 marta yuta olgandingiz. Bu jamoani yaxshiroq o'rganib chiqqaningiz aniq. "Nasaf" o'yin uslubida bugun qanday o'zgarishlarni sezdingiz?

- Aytib o'tdim, chempionatning birinchi o'yinida ko'p narsa ko'rinmaydi. Futbolchilarning indivudial mahoratiga ham ko'p jihatlar bog'liq. "Nasaf" yaxshi jamoa va har doim raqobat ko'rsata oladi. Jizzaxdagi o'yinimizda g'alaba uchun borimizni berib harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика