So’nggi yangiliklar

14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  0 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  2 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  5 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  3 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  18 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  1 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  12

Ro'ziqul Berdiev: "Rubin Xebay betob ekani sabab bugun o'ynay olmadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Rubin Xebay betob ekani sabab bugun o'ynay olmadi"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan “Nasaf" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Mavsumni g'alaba bilan boshlash har doim yoqimli. Birinchi navbatda yangi futbol mavsumining ochilishi bilan barchani tabriklayman. 

Bitta vaziyatni etiborga olmasak, bugungi o'yinda raqibga deyarli imkoniyat bermadik. "So'g'diyona" to'p bilan o'ynashni yaxshi ko'radi. Shu bois himoyada etiborliroq bo'lishimiz talab etilardi. Menimcha, to'p darvoza ustuniga tekkan o'sha vaziyatdan boshqa raqib golli vaziyatni yarata olmadi. Hujumda ko'proq vaziyatimiz bo'ldi.

- Yangi kelgan futbolchilar haqida ...

- Ularni yangi deya olmaymiz. Cheranni, Umarni yoki Suhrobni, chunki ular o'zimizning futbolchilar. Rubin Xebay betob ekani sabab bugun o'ynay olmadi. Ularni taklif etishdan maqsad bizga tajriba va mahorat kerak. Hali oldinda yordamlari ko'p tegadi.

- Nasrullaevning jarohati jiddiy emasmi?

- O'ylaymanki u keyingi o'yinlarda safimizga qo'shiladi. Mashg'ulotda kichik jarohat oldi. Baribir yordam berishni hohladi. U biz uchun muhim futbolchi.

- Igor Golban vaqtdan yutish uchun tushirildimi yoki so'ngi daqiqalarda unga ehtiyoj sezdingizmi?

- Golbanni tushirimizdan maqsad raqib uzun uzatmalarga etibor qaratayotgandi. Oxirida standartlar va uzun uzatmalarga qarshi tura olish uchun bizga bo'ydor futbolchi zarur edi.



- Darvozaga ko'pdan buyon legioner futbolchi jalb etilmayotgandi. Siz bu borada raqobatni oshirishni maqsad qilganmisiz?

- Kutilmaganda Umid Ergashev jamoamizni tark etdi. U qolganida ehtimol boshqa darvozabon olmasdik. Shu boisdan yangi darvozabon variantini ko'rib chiqishimizga to'g'ri keldi. 

- Davomida darvozabonlarga o'yin amaliyoti qanday taqdim etiladi?

- Zarur bo'lganda kim tayyor bo'lsa, shunga imkoniyat beriladi. Kim xato qilsa, keyingisida raqobatchisi maydonga tushadi. 

- "Nasaf"ni oldinda og'ir mavsum kutib turibdi. Mavsum davomidagi rejalar qanday?

- Bizda etarlicha tarkib bor. Yoshlar jamoasidan bir nechta futbolchilar jalb etilgan.

- Bobir Abdixoliqovning jamoani tark etishiga sabab nima?

- U xorijda o'zini sinab ko'rishni maqsad qildi. U Qozog'istonda, Belarusda chempion bo'ldi. Ehtimol soarinlari qatoriga Ozarbayjon chempionligini ham qo'shib qo'ymoqchidir. Borgan joyida yaxshi o'yin ko'rsatayapti, borgan joyida omad tilaymiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика