Rasman! Dostonbek Hamdamov "Paxtakor" safiga qaytdi
23 iyu 2021 19:18
Yangiliklar
Rasman! Dostonbek Hamdamov "Paxtakor" safiga qaytdi
Biroz avval "Championat.asia" orqali Odil Hamrobekov hamda Dostonbek Hamdamov "Paxtakor"ga qaytgani haqida xabar bergan edik.
"Paxtakor" tarkibida 2019–2020 yillarda 74 bahsda 24 to'p kiritgan Hamdamov klub bilan 2022 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Dostonbek "sherlar" tarkibida ikki martadan O'zbekiston chempionati va Kubogi, bir bor Liga Kubogida g'olib bo'lgan.
Fikrlar