O'zbekiston MTJ a'zosiga Turkiya klubi qiziqish bildirmoqda

Khoja
8 iyul 2025, 10:50
“Bunyodkor“ yarim himoyachisi Odil Hamrobekovga Eronning 3 klubidan qiziqish borligi haqida ma'lumotlar tarqalgandi.

Ular orasida amaldagi chempion “Traktorsozi“ning qiziqishi jiddiyroqdek ko'rinayotgan edi.

O'zbekiston MTJ a'zosiga Turkiya klubidan ham qiziqish bo'ldi. Hozircha, aynan qaysi turk klubi ekanligi noma'lum. Fors yoki turk klubi “Bunyodkor“ga Odilning tovon pulini to'liq to'lab bergan taqdirdagina uni sotib olishi mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Hamrobekovning “qaldirg'ochlar“ bilan kelishuvi 2026 yilning so'ngiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia