"Antverpen" yangi azosi Muhammadali O'rinboev: "O'zbekistonni yanada tanitishga vada beraman!"
07 iyu 19:20
Yangiliklar


"Antverpen" yangi azosi Muhammadali O'rinboev: "O'zbekistonni yanada tanitishga vada beraman!"
"Paxtakor"dan Belgiyaning "Antverpen" jamoasiga o'tgan Muhammadali O'rinboev Instagram sahifasida "sherlar" bilan xayrlashdi.
"Assalomu alaykum! Bugun yuragimda alohida o'rin tutgan "Paxtakor" klubi bilan xayrlashish vaqti keldi.
Bugungi kungacha klubdagi faoliyatim jarayonida qo'llab-quvvatlagan barchaga – "Paxtakor" muxlislariga, jamoadoshlarimga va murabbiylarimga cheksiz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman! Bunday jamoada faoliyat yuritganimdan juda faxrlanaman. Men uchun jamoadoshlarim va "Paxtakor" delegaciyasi doimo oilam kabi bo'lib qoladi!
Yangi jamoamda o'z kuchimni ko'rsatib, eng yaxshi natijalar qayd etishga va O'zbekistonni yanada tanitishga vada beraman!", – dedi o'zbekistonlik vinger.
20 yoshli O'rinboev Belgiya klubi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar