Rasman: Bundesliga 16 may kunidan davom ettiriladi!
07 may 2020 17:18
Yangiliklar


Rasman: Bundesliga 16 may kunidan davom ettiriladi!
Germaniya Bundesligasi 16 mayda davom ettiriladi.
Bu haqda liga matbuot xizmati xabar bermoqda. Bunga Germaniya hukumati bilan kelishilgan holda qaror qilindi.
16 mayda Dortmundning "Borussiya" va "SHalke" jamoalari o'rtasidagi "Rur derbisi" bo'lib o'tishi kerak.
Bundesliga koronavirus pandemiyasi sabab to'xtatilgandan so'ng davom ettiriladigan ilk katta chempionat bo'lmoqda.
Bundesliga, 26-tur o'yinlari jadvali:
16 may, shanba.
«Borussiya» D — «SHalke»
«Leypcig» — «Frayburg»
«Xoffenxaym» — «Gerta»
«Fortuna» — «Paderborn»
«Augsburg» — «Volfsburg»
«Ayntraxt» — «Borussiya» M
17 may, yakshanba.
«Kyoln» — «Maync»
«Bavariya» — «Union» Berlin
18 may, dushanba.
«Verder» — «Bayer»
O’xshash yangiliklar

Fikrlar