Raneri "Roma"ga nega qaytdi?
16 mar 2019 14:40
Yangiliklar
Ranerining Rimda yakunlamagan ishlari qolib ketgan.
«Agar futbol sohasidagi insonlarga ham «Oskar» mukofoti topshirilganda, uni birinchi navbatda Raneriga berish kerak bo'lardi», — Raneri skudettoni qo'lga kiritishiga oz qolganda, Fabio Kapello u xaqida shunday fikr bildirgan edi. Lekin 2010 yil Italiyaning boshqa bir jamoasi va boshqa murabbiy yili bo'lgandi: Mourino qo'l ostidagi «Inter» nafaqat Italiyada, balki butun Evropadagi barchani narsani yutib ketdi. SHubha yo'q, ko'pchilikning o'sha g'alaba mashinasi bilan elkama-elka olishgan aynan Raneri murabbiyligidagi «Roma» yodidan ko'tarilgan.
Bahor, nafaqat daraxtlar, balki Mourino bilan "jang" ham ayni gullagan vaqti, portugaliyalik xudoning bergan kuni raqibga bosim o'tkazish yo'lida intervyu berar, Klaudioning «CHelsi»dagi omadsizliklari, u kuchli futbolchilar bilan ishlay olmasligini takrorlardi. «Roma» ustozi esa shu holatda ham Italiya vakilining CHempionlar Ligasidagi g'alabasidan quvonishga o'zida kuch topa oldi. U «Inter»ning Barselonadagi o'yinini haqiqiy jasorat deb atadi. Italiya Kubogi finalida uning jamoasi raqibiga haqli ravishda mag'lub bo'lganini, raqib kuchliroq ko'ringanini tan oldi. Biroq gap faqat chiroyli nutqda emasdi.
Raneri hamkasbi Mourino bilan tengma-teng kurashganini aytganda, bevosita shu to'qnashuvni nazarda tutdik. Italiya chempionati doirasidagi ikki o'yinda 6 ochkodan 4 ochko ishlab oldi, martda o'zaro to'qnashuvdagi g'alabadan so'ng, aynan Raneri Jozeni birinchi pog'onadan pastroqqa tushib turishga majbur qilgandi. O'sha Kubok finalida ham barchasi butkul boshqacha yakunlanishi mumkin edi. Hisob bor yo'g'i 1:0 edi, ammo 87-daqiqada Totti asablarini jilovlay olmadi va Balotellini ayab o'tirmadi. Natijada, "imperator" amalda jamoasining g'alabaga bo'lgan so'nggi umidlarini yo'qqa chiqardi.
O'sha biz bilgan Raneri: «Roma» bevosita raqobatchisini mag'lub etdi, lekin yo'q joyda o'rtamiyona raqibga mag'lub bo'ldi va raqibga birinchi o'rinni qo'sh-qo'llab topshirib qo'ydi. Oxirgi turgacha skudetto uchun kurashdi va "finish"ga ikkinchi bo'lib etib keldi. Oradan uch oy o'tib esa Raneri jurnalistlarga Mourino etishmayotgani haqida aytadi: «U chempionatimizga o'zgacha ruh berib turardi».
Murabbiy faoliyati haqida gap ketganda, hayolga birinchi bo'lib – «Lester» bilan qo'lga kiritilgan chempionlik keladi, biroq bu zafar qolgan g'alabalarni, mashaqqatli mehnatni yopib yuborishi adolatdan bo'lmaydi. Qolgani esa – «Inter»dagi omadsizlik va mag'lubiyatlar seriyasi tufayli Klaudioga chiqish eshiklari ko'rsatilgandi. Greciya termasidagi muddatni murabbiy yaxshisi eslamaslikni maqul ko'radi, Franciyada «Nant»da o'tgan o'rtacha mavsum (mavsumni daxshat boshlagan jamoa bahorga kelib "benzini tugayotgan mashinani" eslatardi, aksiga olib, gaz-balon ham o'rnatilmagandi). Va yangi o'tmishdan «Fulxem»dagi uch oydan biroz ko'proq muddat: Raneri qo'l ostida jamoa tomoshabop o'yin ko'rsatgan bo'lsada, botqoqqa yanada chuqurroq botib qoldi.
Albatta, murabbiy faoliyatining har bir sahifasi individual voqea va bir-biriga bevosita aloqasi, tasiri yo'q. «Fulxem»dagi omadsizlik murabbiy saviyasiga shubha bilan qarashga sabab bo'la olmaydi. Greciya termasichi dersiz, u erdan Raneri Farer orollariga yutyazib qo'yganidan so'ng, sharmandalarcha xaydalgandi. Lekin etibor berish zarur bo'lgan yana bir jihat, yangi murabbiy keldi va... U ham Farer orollariga (javob o'yini) mag'lubiyatdan boshladi.
Raneri qaerda ishlamasin uning ish uslubi va muammosi doimo uning harohidir. Klaudio tezda natija beradi, ammo jamoani o'sha yuqori darajada ushlab turishda muammolarga duch keladi. Uning jamoalari bosim ostida o'zini erkin xis qila olmaydi. «Monako» bundan mustasno. SHunchaki, monegasklardan hech kim bunday natijani talab qilmagan va hatto kutmagandi ham, shu sabab ortiqcha bosim u erda ham bo'lmagan desak adashmaymiz.
SHu sabab Raneri «Roma»ga tayinlangani haqidagi xabarga «Tvitter»da munosabalar turlicha bo'ldi va quvonchdan ko'ra, xayron bo'lganlar, "ochig'i tushunmadim" deganlar ko'proq bo'ldi.
Ammo bu ahmoqona, omadsiz qaror deb bo'lmaydi. Uni qo'llab quvvatlamagan taqdirda ham, tushunish tushuntirish mumkin. Yo'q deganda emocional tomonlama.
Raneri va «Roma» — bu o'zgacha muhabbat tarixi. Boshida toji va qo'lida Kubok ko'targan Angliyadagi Klaudioni hali eslasangiz kerak-a? Lekin etibor bering, Ranerining o'zi «Lester» bilan qo'lga kiritilgan chempionlik haqida fikr bildirarkan: «Bu titul «Roma» bilan qo'ldan chiqarilgan skudettoning o'rnini bosa olmaydi. Hech nima, boshqa hech qaysi kubok uning o'rnini bosa olmaydi. Ligani sevimli jamoang bilan yutish – bu qanday tuyg'u ekanligini bir tasavvur qilib ko'ring-a?».
Raneri va «Roma»ning xayrlashishi ham juda g'amgin bo'lgandi. Ammo hayolan ular birga qoldilar. Taklif qilingan shartnoma – iyun oyigacha, qisqa muddatga, — ko'rinib turibdiki, Raneriga faqatgina qisqa muddatga ishonch bildirilgan. Lekin keyinchalik unga klub tizimida biror lavozimda qolish imkoni kafolatlanganligi klub uning tajribasi va munosabatini qadrlashlarini bildirard. Ha, yana bir gap: hozirgi «Roma»ni bundanda yomonroq holatga tushirish ilojsiz vazifadek ko'rinmoqda.
Hozirgi «Roma» – ayanchli axvolda
Bu bo'rttirma emas. Yozda Di Franchesko markazning muhim o'yinchilari Strotman va Naynggolandan ayrildi. Ularning o'rniga esa iqtidorli, yosh vingerlar berildi. Ha, yana Nzonzi, Pastore va Kristante keldi, lekin ular bilan ish qovushmadi: qimmatroqqa sotib, arzonroqqa olib, murabbiy yana hech nima bo'lamgandek barchasini joyiga tushirib yuborishini talab qilish noto'g'ri. Bazi futbolchilarning o'rnini umuman to'ldirib bo'lmaydi. «Sevilya»da ish bergan konspektlar Monchiga Rimda ish bermadi. Darvoqe, Monchining ketishi ham bahsli vaziyatni vujudga keltirdi. Axir omadsiz bir mavsum tufayli murabbiyning salohiyati yo'q bo'lib qolmaydiku. Ammo qaror qabul qilindi, muhokamaga o'rin yo'q va ispaniyalik murabbiy o'ziga boshqa ish izlashi zarur. Emishki, uni yaqinda Londonning «Arsenal»ida ko'rishimiz mumkin ekan.
Hozirgi og'ir vaziyatda Raneri nima karomat ko'rsatishi mumkin?
SHartnomaga qo'l qo'yganidan uch kun o'tib u birinchi uchrashuvini o'tkazdi. Tayyorlanishga vaqt bo'lmagani sababli «Empoli» bilan o'yin bo'yicha Raneri ishiga baho berib bo'lmaydi. Qo'shimchasiga, o'sha kuni «Roma» Manolas, De Rossi, Pellegrini, Jeko, Kolarov va Fasio xizmatlaridan turli sabablarga ko'ra foydalana olmasdi. Asosiy tarkibning olti vakili yo'q uchrashuv bo'yicha jamoaga baho berish qanchalik to'g'ri bo'larkin?
Biroq shu o'yindayoq Ranerining bazi qarorlari, chizgilarini ko'rish mumkin edi. Birinchidan: bir yo'la ikki futbolchi tayanch zonasiga javob beradi. Nzonzi va Kristante hujumga ha deganda yugurib ketishmadi va to'p oldirilganda ortga, raqibni, to'pni quvlab yugurishlariga to'g'ri kelmadi. Kristante to'pni hujumdagilarga etkazib berishga javob berdi, lekin o'zi ko'p ham oldingi chiziqqa chiqavermadi. Markazdagi bu ikki futbolchining o'yinini tariflash uchun birgina statistik ko'rsatkich etarli nazarimizda: Nzonzi eng ko'p to'p oshirishini himoyachi Santonga (12 marta) amalga oshirgan bo'lsa, Kristante ko'proq – vinger Klyuyvertni (11ta pas) to'p bilan taminladi. Qanot himoyachilar ham vazifalarni bo'lishib olishgan: o'ng qanotdagi Florenci hujumlarga faol qo'shildi (hujumning uchinchi zonasiga 30ta to'p oshirishi), chapdagi Santon esa birinchi navbatda himoyani o'ylashi belgilab qo'yilgandi va iloji boricha soddaroq o'ynashga harakat qildi (hujumning uchinchi zonasiga 9ta to'p oshirishi).
SHu sabab, «Roma» bazi epizodlarda ikkiga bo'linib qoldi: hujumdagilar (El-SHaaravi, Dzaniolo, Klyuyvert, SHik, bazan qanot himoyachisi) va qolganlar himoyada. Bunday «Roma» hujumi unchalik xavfli ko'rinmagan bo'lsada, raqibga hech qanday imkon qoldirmadi. «Empoli»ning golini Jezus o'z darvozasiga, unchalik xavfli bo'lmagan to'p oshirishidan so'ng, kiritib yubordi. Mehmonlar esa chinakamiga bor yo'g'i bitta vaziyat yaratishdi: Kristian del Orko qarotdan to'p oshirishidan so'ng, boshi bilan zarba berdi.
Yopiq o'yin, standart vaziyatlardan «Roma» futbolchilari urgan ikki gol. Mana sizga Ranerining odatiy o'yin uslubi.
«Roma» Di Franchesko davridagidan yaxshiroq hujum qilmasligi mumkin, ammo undagidan ancha yaxshi himoyalana boshlashi aniq. Tayanch zonasidagilar Di Franchesko taktikasi tufayli vujudga kelayotgan qarshi hujumlarni yo'qqa chiqaradi. Qanot himoyachilari bilan ko'rgan holatimiz ham Ranerining taktikasi. Hujumda murabbiy SHik va Jeko juftligini ko'rmoqchi. Raneri buni hech kimdan yashirmayapti, shunchaki har ikki futbolchi murabbiy ixtiyorida bo'lishini kutish qoldi xolos.
Buning barchasi jamoaga kuchli to'rtlikdan joy kafolamasligi aniq. Biroq so'nggi vaqtlarda «Roma» yo'qotib qo'ygani, o'yindagi balansni qaytaradi. Oxirgi 10 uchrashuvda jamoa 23 ta gol qo'yib yuborgandi.
Va asosiysi: Ranerining Rimdagi ishini faqatgina natijalarga, ochko va turnir jadvalidagi joyiga qarab baholash noto'g'ri. Kutilmaganda, nomzodlar ichidan aynan uni tanlanishi, jamoaga qaytishi va Ranerining sevimli jamoasiga qiyin vaziyatda yordamga kelishi - bu shunchaki romantika. Buni aql bilan tariflab bo'lmaydi.
Nozima Zaripova tarjimasi
Fikrlar