So’nggi yangiliklar

02:00ЕЧЛ. "Боруссия Д" ўз уйида ўтган ярим финалнинг илк баҳсида ПСЖни мағлуб қилди  22 01:57Роналду "Ал Насср"ни Қирол кубоги финалига олиб чиқди. Финалдаги рақиб - "Ал Ҳилол"  1 01:38Арне Слотнинг "Ливерпул"даги илк трансфери ким бўлиши маълум  0 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  0 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  1 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  3 23:32Лунин "Реал Мадрид" билан узоқ муддатли янги шартнома имзолайди  0 22:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Хурсандчилик ўтиб кетди. Ҳозир финалга тайёргарлик кўряпмиз"  11 22:30U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  12 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  4 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   2 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  3 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2

Quvondiq Ro'ziev: "Navbahorga o'tganimdan afsuslanmayman. "Qo'qon-1912"ga Baxtiyor Ashurmatovning iltimosi bilan keldim" Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: "Navbahorga o'tganimdan afsuslanmayman. "Qo'qon-1912"ga Baxtiyor Ashurmatovning iltimosi bilan keldim"

O'tgan mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasida o'tkazgan yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev shu kunlarda "Qo'qon-1912"ning mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Futbolchi rostdan Qo'qonga qaytdimi? "Navbahor"dagi faoliyati qanday kechdi? SHu boshqa savollarga Quvondiq Ro'zievdan javob oldik. 

- O'tgan mavsum haqida to'xtalmay ilojimiz yo'q. CHunki "Navbahor"da qanchalik qiyin bo'lganiga qaramay, o'zingiz uchun xulosalar chiqarganingiz tabiiy. Quvondiq Ro'zievga avval bunday bosimda o'ynamagani tasir qildimi? 

- To'g'ri takidladingiz. O'tgan mavsum men uchun faoliyatimdagi eng qiyini bo'ldi. Boz ustiga meni taklif qilgan murabbiy ilk turdan so'ng istefoga chiqarildi. Jarohat bilan o'ynaganim ham o'z tasirini o'tkazdi. Albatta bu bahona bo'la olmaydi. Ammo futbolda kichik detal ham ko'p narsani hal qiladi. Aslida mavsumni yaxshi boshlagandik. "So'g'diyona"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyin Toshkentda "Lokomotiv" bilan yaxshi o'ynab g'alaba qozondik. O'sha bahsda harakatlarim o'xshadi. Tur ramziy terma jamoasiga kirdim. Ketma-ket ochko yo'qotishlardan so'ng menga bosim kelib tushdi. Ko'nikib keta olmayapti, degan gap-so'zlar ko'payib ketdi. Bularning barchasida o'zim aybdorman. Bundan ham yaxshi o'yin ko'rsatishim mumkin edi. 

- "Navbahor"da baxtli emasdingizmi?

- Ushbu jamoada to'p tepganimdan hech qachon afsuslanmayman. Boisi "Navbahor" muxlislari yurtimizdagi eng yaxshilaridan bittasi hisoblanadi. Eslasam ham faqat yaxshi xotiralar bilan yodga olaman. O'ynab keta olmaganim o'zimning aybim. 

- Sizni anchadan beri qiynab kelayotgan jarohat bor edi. Hozir undan butkul qutuldingizmi? O'zingizni ko'rsatishingiz uchun to'siqlar yo'qmi?

- "Nasaf"ga qarshi safarda o'tgan dramatik bellashuvda 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradik. Mag'lub bo'lganimizga qaramasdan etarlicha qarshilik ko'rsata olgan edik. O'sha o'yinning 60-daqiqasida tizzamdan jarohat oldim. Keyin ukollar yordamida to'p tepib keldim. Tizzamdagi tog'aylar sinib ketgandi. Buni olishdan boshqa yo'lim qolmagandi. "Navbahor" shifokori bilan gaplashganimda, natijalar yaxshi bo'lmagani uchun shoshilmay turishimni, og'riq qoldiruvchi ukol bilan o'ynab turishimni iltimos qildi. Baribir jarohat kuchayib borib o'ynay olmaydigan darajaga kelib qoldim. Jarrohlik amaliyoti yakunda omadli o'tdi. Bir oydan keyin bemalol to'p tepishni boshladim. Ayni paytda jamoaviy mashg'ulotlarda hech kimdan qolishmagan holda ishlayapman. 

- Ayni paytda sizni "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarida ko'rmoqdamiz...

- "Qo'qon-1912"ga Baxtiyor akaning takliflari bilan keldim. O'zlari ham futbolchi bo'lganlar. Bunday jarohatlardan o'tganlar, deya olaman. "Jarohatdan keyin o'zingga kelib olishing kerak. Hozirgi paytda og'ir yuklamalar bo'ladi. Bu senga foyda",- dedilar. Lekin klub bilan kelishganim yo'q. SHunisi aniqki, Baxtiyor akaga so'z berdim, jamoa bilan kelisha olmagan taqdirimda boshqa klublarning takliflarini ko'rib chiqaman. Ungacha "Qo'qon-1912"ning taklifini kutaman. Yuz foiz jamoa bilan birgaman, demagan bo'lar edim. Baxtiyor aka ham murabbiy, ham akamdek bo'lib qolgani uchun chorlovlariga yo'q demadim. "Navbahor"dagi qiyin paytlarimda haftada 1-2 marotaba qo'ng'iroq qilib maslahat berib turdilar. O'yinimni tahlil qilardik. Tashlab qo'ymaganlar. SHu bois bu erga kelib qo'shildim. Ammo shartnoma imzolamadim. Qo'qonga aynan Baxtiyor akaning iltimosi bilan keldim. 

- Qishki transferlar oynasi vaqtida "Lokomotiv" taklif bilan chiqqan edi. Poytaxt klubining chorlovi qanchalik jiddiy tuyuldi?

- "Lokomotiv" men uchun qadrdon jamoa. Yoshligimdan shu klubda to'p tepib katta futbolga qadam tashlaganman. Ulardan aytarli og'zaki taklif bo'ldi. Jiddiy muzokaralargacha etib bormadi.

- Quvondiq Ro'ziev faoliyatining cho'qqisidan o'tdimi yoki bu jarayon endi keladimi?

- Qiziq savol. Buni bilib bo'lmaydi. Hammasi xudodan. Yanada katta marralarni zabt etarmiz. Mehnat va ishlashda davom etsak barchasi yaxshi bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика