So’nggi yangiliklar

19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  2 19:00ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 1:1 (матнли трансляция)  44 18:31Футзал. Таиланд терма жамоаси Бухорога етиб келди  0 18:20ЖЧ-2026 саралаши. КХДР - Қатар 2:2  51 17:52Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси ФИФА Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлади  1 17:35ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон: Асосий таркибимиз маълум  51 17:23Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувини қабул қилишга тайёр  2 17:05Ўзбекистон ва Қирғизистон терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи  0 16:52Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувига мезбонлик қилаётган Бишкек шаҳрида тартибни 3 минг полициячи назорат қилмоқда  5 15:56Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувини кимлар шарҳлайди?  18 15:35⚡️Мундиаль юлдузлари дастхати туширилган тўпларни ютиб олинг!  0 15:05Тен Хаг "Аякс"дан келган шогирдини қўйиб юборгиси келмаяпти  3 14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  1 14:01"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетиш ниятидалигини маълум қилди  2 13:13БМБ футзал клуби Панама ва Венесуэлага қарши ўртоқлик учрашувлари ўтказди   3

"Qo'qon-1912": Yangi futbolchilar ommaga tanishtirildi FOTOGALEREYA Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Yangi futbolchilar ommaga tanishtirildi FOTOGALEREYA

Qo'qon shahridagi “Tadbirkorlar markazi”ning anjumanlar zalida “Qo'qon-1912” jamoasining yangi mavsum oldidan o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimi o'tkazildi.

Ushbu tadbirda Qo'qon shahar hokimi Akramjon Anorqulovich Abdullaev, “Qo'qon spirt AJ” bosh direktor o'rinbosari Maqsudjon Umarov,  jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va ko'plab muxlislar ishtirok etishdi.

Dastlabki so'z Qo'qon shahar hokimi Akramjon Anorqulovich Abdullaevga berildi.

-Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Navbatdagi futbol mavsumi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi,  deb so'z boshladi Akramjon Anorqulovich.  – Barchangizga malumki, “Qo'qon-1912” jamoasi mavsumga tayyorgarlik jarayonida qizg'in ish olib bordi Buning natijasida tarkibga bir qator kuchli futbolichilar kelib qo'shilishdi. Bu esa muxlislarimizga ishonch o'yg'otdi. 4 mart kuni “Qo'qon-1912” jamoani jiddiy sinov kutib turibdi. O'ylaymanki, qilingan mehnatlar o'z samarasini beradi. Jamoamiz oldiga oltinchi o'rinni egallash vazifasi qo'yildi. Keyingi yilgi maqsad esa OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun kurash olib borishdan iborat. O'zbekiston Kubogida muvaffaqiyat qozonish orqali ham ushbu niyatga erishish mumkin bo'ladi.

Yangi mavsumda futbolchilarimizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Umid qilamanki, jamoa azolari g'alabali o'yinlari bilan muxlislarni xushnud etishadi.

SHundan keyin  “Qo'qon-1912” jamoasi vice-prezidenti Baxtiyorjon Tolipov so'zga chiqib quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

– Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. XXVI milliy chempionat bahslari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Ananaga  ko'ra  bugun yangi mavsum oldidan jamoamiz safiga kelib qo'shilgan yangi o'yinchilarni tanishtirib o'tamiz.

4 mart kuni futbolchilarimiz chempionatni “Nasaf”ga qarshi kechadigan o'yin bilan boshlashadi.

O'tgan mavsum biz uchun og'ir kelganiga qaramay, chempionatni 12-o'rinda tugatishga muvaffaq bo'ldik.

Murabbiylar shtabi ham selekciya ishlarini samarali olib borishganini aytib o'tish o'rinli deb bilaman.

Yana bir yangilik bu yildan NIKE kompaniyasi bilan O'zbekistonda ikkinchi bo'lib hamkorlikni yo'lga qo'ydik.

Bugun yangi mavsum oldidan safimizga kelib qo'shilgan futbolchilarni keng ommaga tanishtirib o'tamiz.

O'tgan yilgi mavsumda muxlislarimiz har doim bizni qo'llab-quvvatlab kelishdi. Buning uchun ularga minnadorchilik izhor etamiz. O'ylaymizki, bu yil ham ular bizni yolg'izlatib qo'yishmaydi.

Dastavval bu yilgi bahslarda ishtirok etishi mumkin bo'lgan, aniqrog'i, PFL tomonidan ro'yxatdan o'tgan barcha futbolchilar muxlislarga tantishtirib o'tildi.

SHundan keyin jamoamiz safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar: Muzaffar Abdullaev, Murod Xolmuhammedov, Akmal Xolmurodov, Aleksandr Merzlyakov, Ruslan Meleziddinov, Jamshid Hasanov, Bahodir Pardaev, Andrey Sidorov va Filip Rayevaclar keng ommaga rasman tanishtirildi va ularga tantanali tarzda ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi.

Kim qaysi raqamda to'p suradi: Muzaffar Abdullaev – 21, Ruslan Meleziddinov – 85, Andrey Sidorov – 11, Bahodir Pardaev – 18, Murod Xolmuhammedov – 77, Aleksandr Merzlyakov – 23, Akmal Xolmurodov – 26, Jamshid Hasanov – 7, Filip Rayevac – 99.

SHuningdek, ushbu mavsumda jamoamiz murabbiylar shtabida ham katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. O'tgan yili futbolchilik faoliyatini tugatgan Aziz To'xtaboev yordamchi murabbiy sifatida ishlaydi. Yana bir sobiq futbolchimiz Andrey Baklanov darvozabonlar murabbiyi bo'ldi. Murabbiylar shtabidan shuningdek Muhiddin Abduvaliev ham o'rin olgan.

O'rinbosarlarimizni esa Muhsin Nizomiddinov boshqaradi. Unga Rahmatullo Inog'omov yordam beradi. Ushbu murabbiylar ham muxlislarga tanishtirildi.

Tadbirning yana bir qismi muxlislar bilan savol-javob tarzida o'tdi. Unda marosimga tashrif buyurgan ko'p sonli ishqibozlar klub rahbariyatiga o'zini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etishdi.

Marosimda bosh murabbiy No'mon Hasanov ham so'zga chiqib quyidagilarni aytib o'tdi.

– O'zim istagan futbolchilarni tarkibga jalb etishga yordam bergan klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bizga Nikola Valentich etishmaydi. Serbiyalik himoyachi tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi.

Oldin ham aytganman, biz faqat muxlislar uchun o'ynaymiz. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. O'tgan yildagidek ishqibozlarning qo'llab-quvvatlashi bizga katta madad bo'lishiga ishonaman.

Jamoa sardori Nosir Otaqo'ziev futbolchilar nomidan so'z olib shunday dedi: Klub rahbarlari va bosh murabbiymiz aytgan gaplarga qo'shilaman. Muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushamiz. Har bir bahsda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Marosim so'nggida futbolchilar esdalik uchun suratga tushishdi.

Quyida ushbu marosimga bag'ishlangan fotogalereya bilan tanishing:


DSC_6620 kopiya

DSC_6607 kopiya

DSC_6610 kopiya

DSC_6615 kopiya

DSC_6618 kopiya

DSC_6625 kopiya

DSC_6629 kopiya

DSC_6637 kopiya

DSC_6638 kopiya

DSC_6700 kopiya

DSC_6706 kopiya

DSC_6714 kopiya

DSC_6716 kopiya

DSC_6722 kopiya

DSC_6729 kopiya

DSC_6734 kopiya

DSC_6743 kopiya

DSC_6750 kopiya

DSC_6755 kopiya

DSC_6759 kopiya

DSC_6764 kopiya

DSC_6770 kopiya

DSC_6789 kopiya

DSC_6793 kopiya

DSC_6800 kopiya

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика