So’nggi yangiliklar

18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  11 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  2 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  14 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  1 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  6 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   13 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  5 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  4 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  2 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0

“Qo'qon-1912” jamoasi bolalar futboliga jiddiy etibor bermoqda Yangiliklar

“Qo'qon-1912” jamoasi bolalar futboliga jiddiy etibor bermoqda

Teglar :  Qo'qon-1912
Hozirgi kunda respublikamizda bolalar futboli kundan-kunga rivojlanib bormoqda.

Ko'pgina jamoalar tarkiblarini o'zlaridan etishib chiqqan yosh futbolchilar bilan to'ldirmoqdalar. Bu albatta jamoaning iqtisodiy ahvoliga ham o'z tasirini ko'rsatadi. To'g'rida falon pulga chetdan bir futbolchini olib kelgandan ko'ra, o'zingizdan chiqqan iqtidor o'ynasa jamoaga bir necha yil foydasi tegadi. Futbolchi o'z shahri jamoasi sharafini himoya qilsa boshqacha ishtiyoq bilan maydonga tushadi.

Buni yaxshi his qilgan jamoamiz murabbiylari Qo'qon shahri va atrof tumanlarga borib yosh iqtidorlarni izlamoqdalar. Kuni kecha jamoamiz murabbiylari No'mon Hasanov va Sergey Kovshovlar Uchko'prik tumani futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini kuzatib qaytdilar.

Murabbiylarimiz Uchko'prik tumanining Kattaqashqar qishlog'ida shug'ullanayotgan yosh futbolchilarning mashg'ulotlarini kuzdan kechirishdi. SHundan so'ng yosh futbolchilar ishtirokida o'zaro o'yin tashkil qilinib murabbiylar bolalarni o'yin jarayonidagi harakatlariga ham baho berishdi. Bosh murabbiyimiz No'mon Hasanov futbol maktabi ustozlariga o'zlarining qimmatli maslahatlarini berib, yoshlar bilan ishlashda ko'proq nimalarga etibor qaratilishi lozimligini tushuntirib berdilar.

Uchko'prik tumanida taniqli hakam Erkin aka Oripov boshchiligidagi futbol maktabi faoliyat yuritadi. Bu maktabdan so'nggi yillarda bir qator iqtidorli futbolchilar etishib chiqmoqda. Xususan, bu yil jamoamiz safida oliy ligada debyut o'yinlarini o'tkazgan Iqbol Malikjonov, Oybek Rustamov  va Doston Meliqo'zievlar ham ushbu maktab tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

Yana yaqin yillar ichida Uchko'prikdan ko'plab iqtidorlar chiqishiga umid qilsa bo'ladi. CHunki bu erda futbolsevar yoshlar keragicha topiladi.

Uchrashuv so'nggida Uchko'priklik murabbiy va futbolchilar  “Qo'qon-1912”  jamoasi murabbiylari bilan esdalik uchun suratga tushdilar.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика