Qanday qilib 16 yoshda oliy liga jamoasi sardori bo'lish mumkin?
13 avg 2015 14:35
Yangiliklar
Qanday qilib 16 yoshda oliy liga jamoasi sardori bo'lish mumkin?
16 yoshida oliy liga jamoasi sardori bo'lgan yigitcha haqida.
Yanis Xaji 1998 yil 22 oktyabrda dunyoga kelgan, u afsonaviy "Karpat Maradonasi"ning (Georgiy Xaji) o'g'li. Katta Xaji o'tgan yili Konstancaning "Viitorul" (Ruminiya) klubini boshqargan edi. Yanis Xaji 16 yosh 1 oyligida "Viitorul"da debyut qilib Ruminiya oliy ligasining eng yosh futbolchisiga aylandi. Murabbiy bu bilan to'xtamadi va o'g'liga sardorlik bog'ichini berib, nafaqat Ruminiya, balki jahon rekordini yangiladi. "Viitorul"ning yangi sardori 16 yosh 295 kunlik. Yanis o'z faoliyati davomida klub tarkibida 10 marotaba maydonga tushib, 1ta gol urdi.
Kecha Zinedin Zidan 20 yoshli o'g'li Enconi "Kastilya" sardori etib tayinlagan edi.
Fikrlar