Lucheskuga Rivaldoning o'g'li kerak

Eldor Akmurzayev
11 avg 2020
Ruminiyaning “Viitorula” jamoasi forvardi Rivaldino faoliyatini “Dinamo Kiev”da davom ettirishi mumkin.

U braziliyalik sobiq futbolchi Rivaldoning o'g'li hisoblanadi.

25 yoshli hujumchining xizmatlariga shaxsan kievliklar ustozi Mircha Luchesku qiziqish bildimoqda. Shuningdek, uni Polsha va BAA klublari kuzatib borishmoqda.

Rivaldino yakunlangan mavsum klub safida 27 o'yinda qatnashib, 11 gol urgan holda 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua