

Bu haqda FIFA 23 iyun kuni qaror qabul qilgan. Assotsiatsiya 2 iyul kuni mazkur taqiq haqida Ligani rasman ogohlantirdi.
Avvalroq "Bunyodkor" braziliyalik sobiq futbolchisi oldida yuzaga kelgan qarzdorlikni rasman tan olgan bo'lib, keyinchalik軐 uni besh yil davomida bosqichma-bosqich to'lab borish yuzasidan Rivaldo bilan kelishuvga erishgandi.
2024 va 2025 yilgi mavsumlar davomida klub besh yillik kelishuv doirasidagi majburiyatlarini bajardi. Biroq 2026 yilga kelib, klub tasischisi va bosh homiysi hisoblangan "O'zbekneftgaz" AJ "Bunyodkor" futbol klubini moliyalashtirishni to'xtatgach, klub joriy yilning may oyiga qadar amalga oshirilishi kerak bo'lgan qarzdorlikning navbatdagi to'lovini bajara olmadi.
Shundan so'ng Rivaldo FIFAga qayta shikoyat kiritdi. Qo'shimchasiga, "Bunyodkor" bilan tuzilgan besh yillik kelishuv shartlari va unda nazarda tutilgan chegirmalar ham bekor qilindi.
Ma'lumot uchun, O'zbekistonda yozgi transfer oynasi 10 avgustga qadar davom etadi. Endilikda "Bunyodkor" yangi futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkaza olmaydi. Klub mavjud futbolchilar bilan mavsumni yakunlashi, shuningdek, taqiq kuchga kirguniga qadar "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sifatida FIFA ro'yxatida mavjud bo'lgan yosh futbolchilarnigina keyinchalik o'z qaydnomasiga qo'shishi mumkin bo'ladi.
Joriy yilning 23 iyun sanasidan keyin "Bunyodkor" futbol akademiyasiga qabul qilingan yosh futbolchilar ham mazkur taqiq doirasida klub uchun ro'yxatdan o'ta olmaydi.



