PSJ Kavanini sotmoqchi, unga hozirning o'zida 5ta grand xaridor
17 mar 2019 02:12
Yangiliklar


PSJ Kavanini sotmoqchi, unga hozirning o'zida 5ta grand xaridor
PSJ hujumchisi Edinson Kavani yozda jamoani tark etishi mumkin. Urugvaylik hujumchiga Evropaning etakchi klublari qiziqish bildirmoqda.
Rai Sport’ning xabar berishicha, Italiyaning “Napoli”, “Yuventus”, “Inter” klublari, shuningdek, Madridning “Real” va Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoalari hujumchi bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirgan.
32 yoshli futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2020-yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, Transfermarkt malumotiga ko'ra u 50 mln. evro baholangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar