PSJ futbolchisi "Real Sosedad" bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga keldi
27 dek 2021 16:53
Yangiliklar
PSJ futbolchisi "Real Sosedad" bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga keldi
PSJ yarim himoyachisi Rafinya Alkantara tibbiy ko'rikdan o'tish va "Real Sosedad" bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga keldi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchi xarid qilish huquqisiz "Real Sosedad"ga ijara asosida o'tadi.
Qayd etish kerakki, ispan klubi yarim himoyachi maoshining bir qismini to'laydi.
Rafinya joriy mavsum PSJ tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachining Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar