Rasman: Rafinya Qatar klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2022, 12:12
Rafinya Alkantara faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi.

U PSJdan Qatarning "Al Arabi" klubiga tekinga o'tdi. Qatarliklar yarim himoyachi bilan ikki yillik shartnoma imzolanganini e'lon qilishdi. 

Braziliyalik futbolchi o'ziga 10-raqamni tanladi.

Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, futbolchi Doha klubiga bepul o'tgan.

29 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Real Sosedad"da o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alarabi.qa