"Real Sosedad" PSJ futbolchisini ijaraga olmoqda

Mirjalol Normatov
26 dek 2021, 16:50
Yarim himoyachi Rafinya Alkantara ijara asosida PSJdan "Real Sosedad"ga o'tishi kutilmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, klublar 28 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Unga ko'ra, mavsumning qolgan qismini futbolchi Ispaniyada o'tkazadi. Ertaga xavbek tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

Ushbu mavsumda Rafinya faqatgina 5 o'yinda maydonga tushgan holos.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano