PSJ "Barselona"ning yosh futbolchisiga ko'z tikkan
05 jan 2024 15:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/775255_original.jpg)
![](/upload/storage/775255_220.jpg)
PSJ "Barselona"ning yosh futbolchisiga ko'z tikkan
"Pari Sen-Jermen" Guayakilning "Barselona" klubi hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ekvador klubi prezidenti parijliklar 17 yoshli Allen Obandoga qiziqayotganini tasdiqladi.
"PSJ — bu haqiqat. U Allen Obandoga jiddiy ravishda qiziqish bildirishmoqda. PSJ biz kutgan taklifni bildirdi, u ancha jiddiy".
Forvard "Barselona"ning asosiy jamoasi tarkibida 8 o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urishga ulgurgan.
Allen Obando suratda 11-raqamda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar