So’nggi yangiliklar

03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  8 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  2 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  87 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  53 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  8 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2 20:24Қизларга футзал керак  13

Prevyu. Yiqilgan kurashga to'ymas yoxud alamzada AGMK "Metallurg"dan qasos oladimi? Yangiliklar

Prevyu. Yiqilgan kurashga to'ymas yoxud alamzada AGMK "Metallurg"dan qasos oladimi?

Teglar :  MetallurgAGMK
O'zbekiston kubogi nimchorak finalining so'nggi o'yinida AGMK va "Metallurg" o'zaro kuch sinashadi.

Mazkur uchrashuv oldidan bir nechta qiziqarli malumotlar va faktlarga to'xtalib o'tamiz.


UCHINCHI URINISHDA KIM G'OLIB?


AGMK - "Metallurg" ishtirokidagi  o'yin joriy yil bo'yicha uchinchisi hisoblanadi. Superligadagi ikki bellashuvda omad bekobodliklarga kulib boqdi (0:1, 0:1). Qiziq holat shuki, ikki uchrashuvda ham olmaliqliklar to'liq tarkib bilan harakat qilgani yo'q. Birinchi davradagi bahsda Sardor Rahmonov va SHohruh Gadoev chetlatilgan bo'lsa, ikkinchi davrada ham deyarli shu holat takrorlandi, Rahmonov yana bir bor qizil kartochka bilan jazolandi. Uning diskvalifikaciya muddati tugagan. O'yin qaydnomasiga kiritilgan. Demak maydonga tushishi mumkin.


KUBOKLARDA METALLURG USTUN 


AGMK jamoasi o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi maydonga chiqadi. Jamoalar shu kunga qadar mamlakat kubogida 4 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. Ustunlik bekobodliklar tomonida, 3ta g'alaba. Faqatgina 1ta uchrashuvda AGMK yutuqqa erishgan. Kubok doirasidagi oxirgi o'yin 2020 yilning dekabr oyida bo'lib o'tgan. O'sha oqshomda Mirjalol Qosimov shogirdlari qo'shimcha bo'limda to'p kiritib keyingi bosqichga yo'l olgandi.


12.12.2020. AGMK - "Metallurg" 4:3

21.05.2016. AGMK - "Metallurg" 2:3

25.03.2016. "Metallurg" - AGMK 1:0

09.03.2007. AGMK - "Metallurg" 0:1

O'ZARO O'YINLARDAGI 31-UCHRASHUV 


Barcha musobaqalarni hisoblaganda bugungi bellashuv jamoalar tarixidagi o'zaro 31- o'yin sifatida qayd etiladi. Superligadagi 2 g'alaba evaziga ustunlik  "Metallurg" tomoniga o'tdi. 17 g'alaba, AGMKda bu ko'rsatkich 15tani tashkil qiladi. To'plar nisbati 58-58. 




AGISHEV AGMK O'YINIDA BIR YILDAN SO'NG 


Bugungi uchrashuvni boshqarib boradigan referi Vadim Agishev 1 yildan so'ng yana AGMK boshqaruvidagi o'yinga tayinlandi. U so'nggi bor 2021 yilgi mavsumning 11-turida "Andijon" - AGMK o'yinini boshqargandi. "Metallurg" ishtirokidagi bahsda esa ikkinchi bor ishlaydi (birinchisi 2022 yil 3-tur "Metallurg" - "Surxon" 1:1).



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика