"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev
21 jan 19:18
Yangiliklar
"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev
"Murabbiylar shtabiga va bizni qo'llab-quvvatlagan barcha-barchaga rahmat! Biz hamjihatlikda kuchlimiz.
Raqobat yaxshi bo'ldi. Mavsum qisqa bo'lgani uchun hammasi 1-turda hal bo'ldi. Asosiy raqiblarimiz ilk turda bizga to'qnash kelib qoldi. O'sha kuni bizga ko'proq omad kulib boqdi. Qolgan o'yinlarda ham o'zimizga kerakli natijaga erishdik.
Yosh futzalchilar har bir jamoaga kerak deb bilaman. Negaki yoshlar o'sib chiqsa, bu klubga foyda keltiradi. SHunda avlodlar almashinuvi ham oson kechadi. BMB bu yil bu narsaga juda katta urg'u bermoqda. O'ylaymanki, bu terma jamoaga ham asqatadi.
Bugun yigitlarga ortiqcha gap va motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi. CHempionlik taasurotlarini oson qabul qilganimga sabab chempionat qisqa davom etganida bo'lsa kerak. Yigitlarga va rahbariyatga rahmat. To'xtashimiz kerak emas, bugungi kun – tarix. Endi Kubokka tayyorlanishimiz lozim.
Biz bu yilni mag'lubiyatsiz tugatmoqchimiz. Oxirgi o'yin biz uchun muhim. Muxlislarni chorlab qolamiz va shunga yarasha mazmunli o'yin ko'rsatamiz", – dedi Nodir Eliboev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar