Pol Ins: “Nega MYU Agueroni olib kelishga harakat qilmasligi kerak?

Eldor Akmurzayev
24 mar 2021, 20:45
“Qizil iblislar” sobiq a'zosi Pol Ins “Manchester Yunayted”ga “Man Siti” forvardi Serxio Agueroni olib kelishni taklif qildi.

“Manchester Yunayted” uchun Xarri Keyn va Erling Xolandni yagona variant sifatida ko'rmayapman. Serxio Aguero “Man Siti”ni tark etishi kutilmoqda. Nega MYU uni sotib olishga harakat qilmasligi kerak?

Agar u Premer-ligada qolishni istasa va Manchestyerda yashayotgan bo'lsa, unda ular futbolchini olishga urinib ko'rishsa yomon bo'lmasdi deb o'ylayman. Kim biladi, shunday bo'lishi mumkin. Buni so'rash kerak, chunki “Yunayted” bilan bog'liq vaziyat qanday kechishini hech qachon bilmaysiz. Bu 1992 yil Govard Uilkinson Aleks Fergyussondan Denis Irvin haqida so'raganida sodir bo'lgan. Fergi bu amalga oshmasligini aytdi va “Lids”ga Erik Kantonani sotish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Bir necha kundan so'ng esa bitim yopildi.

Fergi shunchaki ismni aytib, tavakkal qilgan holda omadini sinab ko'rardi. Balki, Ole-Gunnar Sulsher ham kelayotgan yoz Aguero bilan xuddi shu yo'lni tutish kerakdir”, deydi Ins.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Ladbrokes