Pogbaning JCH-2022da ishtirok etish imkoniyati deyarli yo'q. U jarohati sabab uch haftaga yaqin muddatni o'tkazib yuboradi
31 okt 2022 20:58
Yangiliklar
Pogbaning JCH-2022da ishtirok etish imkoniyati deyarli yo'q. U jarohati sabab uch haftaga yaqin muddatni o'tkazib yuboradi
Pol Pogba jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin.
Malum bo'lishicha, "Yuventus" yarim himoyachisi uzoq vaqt o'yin amaliyotisiz qolganligi sababli son mushaklaridan jarohat olgan.
Manbaning xabariga ko'ra, franciyalik yarim himoyachi taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi. 2022 yilgi jahon chempionati boshlanishiga qadar u tiklanishga ulgurmaydi.
Taxminlarga ko'ra, Pogbaning turnirda ishtirok etish imkoniyati nolga teng.
JCH-2022 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Jamoalar yakuniy qaydnomalarini 13 noyabrgacha topshirishlari kerak.
Fikrlar