Mourinyu "Galatasaroy"ni irqchilikda ayblagani uchun sudga berishi mumkin
26 fev 20:57
Yangiliklar


Mourinyu "Galatasaroy"ni irqchilikda ayblagani uchun sudga berishi mumkin
Joze Mourinyu "Galatasaroy"ni sudga berishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Turkiya chempionatining 25-turida "Galatasaroy" va "Fenerbaxche" jamoalari o'zaro durang (0:0) o'ynadi.
O'yindan keyin Mourinyu "Galatasaroy" futbolchilari va murabbiylar shtabining xatti-harakatlarini tanqid qilib, ular "maymunlardek sakrashganini" aytdi. "Galatasaroy" Mourinyuning so'zlarini irqchilik va turk xalqiga hurmatsizlik deb atadi va sudga, FIFA va UEFAga murojaat qilishga vada berdi.
Portugaliyalik mutaxassis bundan g'azabda va qarshi davo qo'zg'atish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar