Pol Merson van Deyk, Saloh va Trentning shartnomalari haqida: "Bunday vaziyatda qolish "Liverpul" uchun jinoyat"
03 jan 12:37
Yangiliklar
Pol Merson van Deyk, Saloh va Trentning shartnomalari haqida: "Bunday vaziyatda qolish "Liverpul" uchun jinoyat"
"Arsenal" sobiq futbolchisi Pol Merson "Liverpul" futbolchilarining yakunlanayotgan shartnomalari haqida fikr bildirdi.
Joriy mavsum oxirida Muhammad Saloh, Virjil van Deyk va Trent Aleksander Arnoldlarning bitimi yakuniga etadi.
"Bunday uch futbolchining kelishuvi yakuniga etishi - jinoyat. Uch muhim o'yinchining shartnomasi 6 oydan keyin o'z kuchini yo'qotadi - bunaqasi bo'lmagan.
Hozirgacha bunday vaziyatni eslay olmayman. Uch futbolchidan ikki nafarini saqlab qolish yaxshi natija bo'lardi. Men uchchalasi ham ketib qoladi deb o'ylagandim.
Agar Trent ketsayu, Saloh va van Deyk qolsa vaziyatni yaxshi desa bo'ladi.
Ammo "Liverpul" bunday vaziyatda qolishi - jinoyat" - dedi Merson.
Fikrlar