Vadim Abramov O'zbekiston kubogi guruh bosqichidagi qura haqida o'z fikrini bildirdi
26 fev 22:53
Yangiliklar


Vadim Abramov O'zbekiston kubogi guruh bosqichidagi qura haqida o'z fikrini bildirdi
O'zbekiston kubogi guruh bosqichiga qura tashlangach, Samarqandning "Dinamo" klubi ustozi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Samarqand klubi O'zbekiston kubogi "B" guruhida "Andijon", "Surxon" va yana bir saralashdan o'tgan jamoa bilan bahs olib boradigan bo'ldi.
"Odatdagidek, kuchli guruhlardan biriga tushdik. Qiziqarli o'yinlar bo'ladi. Pley-offga chiqish uchun kurashamiz. Qizig'i, o'tgan mavsumdagidek kuchli raqiblar yig'ildi. "Andijon" kubokning amaldagi g'olibi, "Surxon" yarimfinal ishtirokchisi. "Andijon" bilan o'tgan yil ham bir guruhda edik va Andijonda 2:2 o'ynagandik. Bu safar yana Andijonga boramiz. O'z o'yinimizni ko'rsatishimiz va kurashish kerak. Muxlislarni qiziqarli o'yinlar kutib turibdi", - dedi Abramov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Вадим Абрамовга куч кувват.
Вадим Абрамовга куч кувват.