Merson: "Real" "Manchester Siti"ni pichoqni moydan o'tkazgandek kesib yuboradi"
13 fev 2025 19:39
Yangiliklar
Merson: "Real" "Manchester Siti"ni pichoqni moydan o'tkazgandek kesib yuboradi"
"Sky Sports" eksperti Pol Mersonning ishonchi komilki, "Manchester Siti" va "Real" o'rtasidagi javob uchrashuvida "shaharliklar"ning muvaffaqiyat qozonish imkoniyati yo'q.

"Javob o'yinida "Manchester Siti"da hech qanday imkoniyat yo'q. "Real" "Siti"ni moydek kesib yuborishini etarlicha ko'rganman. Bilmadim, ular shunchaki o'chib qolishadimi yoki qarib qolishdimi. Yoshingiz ulg'aygan sari, shunchalik charchaysiz, charchaganingizda esa ko'p xatoga yo'l qo'yasiz", – dedi Merson.
Eslatib o'tamiz, seshanba kuni "Manchester Siti" o'z maydonida hisobda oldinda bora turib, yakunda "Real"ga yutqazib qo'ydi – 2:3. Kelasi hafta Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida javob uchrashuvi tashkil etiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar