Pogbaning agenti ikki klub bilan muzokaralar olib bormoqda
09 may 2020 16:07
Yangiliklar


Pogbaning agenti ikki klub bilan muzokaralar olib bormoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola ikki klub bilan muzokaralar olib bormoqda.
Rayola o'z mijozining xizmatlarini Turinning "Yuventus" klubiga taklif qilgan va klub sport direktori Fabio Paratichi bilan bir necha uchrashuvlar o'tkazgan.
SHu bilan birgalikda, Mino Rayola Pogbaning ehtimoliy transferi borasida PSJ rahbariyati bilan ham aloqada bo'lib turibdi.
Franciyalik futbolchining transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar