Pogba: "Yuve"da doimo muxlislar mehrini his qilganman, Manchesterda bunaqa bo'lmasdi"
30 sen 2022 08:35
Yangiliklar


Pogba: "Yuve"da doimo muxlislar mehrini his qilganman, Manchesterda bunaqa bo'lmasdi"
"Yuventus" futbolchisi Pol Pogba turinlik muxlislar bilan munosabati haqida gapirdi.
U "Manchester Yunaytad"da muxlislar bilan ko'ngildagidek chiqishib keta olmaganini ham aytdi.
"Yuventus" muxlislari doimo meni oldinga chorlashgan. Ular meni qo'llab-quvvatlashadi. Men ularning mehrini his qilganman. Muxlislar bilan ajoyib munosabat menda avval xech qachon bo'lmagan, hatto "Manchester Yunayted"da ham.
Fikrimcha, A Seriya doimo eng qiyin musobaqalardan biri bo'lib kelgan. Angliyada iqtisodiy salohiyat yuqori. Ammo agar biz faqatgina futbol haqida gaplashsak, Italiya doimo jahondagi eng kuchlilaridan biri bo'lgan", - dedi Pogba.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar