So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  1 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

Plamen Dimov: "Paxtakor" bilan o'yindan oldin yaxshigina rag'bat vada qilishgandi" Yangiliklar

Plamen Dimov: "Paxtakor" bilan o'yindan oldin yaxshigina rag'bat vada qilishgandi"

Viktor Kumikov murabbiyligidagi "Andijon" jamoasi Superliganing 19-turida o'z maydonida "Paxtakor"ni mag'lub etdi (1:0).

Uchrashuvda Farhod Sohibjonovning yagona goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan maydon egalari qolgan daqiqalarda himoyada ishonchli harakat qilishdi. Joriy yilda markaziy himoyada o'zidan yaxshi taasurot qoldirayotgan bolgariyalik futbolchi Plamen Dimov kecha raqib hujumlarini bartaraf etishda katta hissa qo'shdi. O'yindan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Plamen ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz. Darhaqiqat ikki xil saviyadagi jamoalar maydonda to'qnash keldi. Ularning holati ham turlicha edi. SHunday ekan o'yin qanday o'tdi? 

- O'tgan turda "Metallurg"ga alamli tarzda mag'lubiyatga uchragandik. O'shanda g'alabani saqlab qolish nasib qilmagan ekan. SHu bois o'z maydonimizdagi "Paxtakor" bilan o'yinning muhimlik darajasi yuqori edi. Biz Superligada qolish uchun kurashyapmizmi, demak har bir o'yin va qo'lga kiritiladigan ochkoning qiymati o'ta yuqori. O'yinimiz yaxshi chiqmagan bo'lsada, oxirigacha kurashib iroda ko'rsata oldik. "Paxtakor" chempionatning eng kuchli jamoasi hisoblanadi. Murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajara oldik. To'g'ri omadsizliklar ham bo'ldi. Buningsiz iloji yo'q. 

- "Paxtakor" so'nggi turlarda "Metallurg" bilan o'yinni hisobga olmaganda juda qiynalmoqda. Uchrashuvlarda bitta to'p farqi bilan yutib ketyapti. Agarda raqiblar o'z imkoniyatlaridan foydalana olsa, bemalol bu jamoani yutib ketishlari mumkin edi. "Andijon"da mana shu jihat o'xshadi, desak to'g'ri bo'ladimi?

- Men bir narsani aytishim mumkinki, "Paxtakor" biz bilan uchrashuvda to'pni yaxshi nazorat qildi.Lekin yuz foizlik yaqqol vaziyatlar yaratgani yo'q. Ularga keskinlik yaratishiga yo'l qo'ymadik, deb o'ylayman. 

- Bunday raqiblar bilan uchrashuvlardan oldin klublar futbolchilarni ruhlantirish maqsadida ko'proq mukofot pullarini elon qilishadi. Deylik birinchi davrada Toshkentda kechgan bahsda so'nggi daqiqalarda durang uchun mukofot puli uch barobar oshirilgani haqida eshitgandik. O'shanda jamoa juda yaxshi qarshilik ko'rsata olgandi. Bu safargi o'yin oldidan ham mukofot pullari bilan motivaciya berildimi?

- Motivaciya futbolchi uchun kerak. SHuni unutmaslik kerakki, biz Superligada kuchlilar safida qolish uchun kurashmoqdamiz. Takidlash joizki, rahbariyat "Paxtakor" bilan bahsdan oldin yaxshigina rag'batlantirish vada qilishgandi. 

- Joriy yilda himoyadagi o'yinlaringiz sabab o'zingizdan yaxshi taassurot qoldirmoqdasiz. Umuman yozda "Andijon"ning bir nechta futbolchilari kuchli klublarga yo'l oldi. Martin Boake AGMKga, Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ga, Doniyor Abdumannopov Belarus klubiga. Sizda ham bu borada variantlar bo'ldimi?

- Ha yozda bir nechta takliflar bor edi. Ammo vaziyat shunday tus oldiki, men hech qaerga ketmadim. "Andijon" bilan mavsumni yaxshi o'tkazganimdan so'ng o'ylab ko'raman. Hozirda bor etiborim shu jamoaga qaratilgan. O'ylaymanki, birgalikda maqsadimizga erishamiz va jamoani elitada saqlab qolamiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика