Pirlo: "CHempionlar ligasida "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng faoliyatimni yakunlash haqida o'ylagandim"
14 mar 2015 13:47
Yangiliklar


Pirlo: "CHempionlar ligasida "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng faoliyatimni yakunlash haqida o'ylagandim"
"Yuventus"ning 35 yoshli yarim himoyachisi Andrea Pirlo 2005 yilda "Milan" safida CHempionlar ligasi finalida "Liverpul"dan mag'lub bo'lganidan so'ng faoliyatini yakunlamoqchi bo'lganini tan oldi.
O'shanda Pirlo penaltilar seriyasida o'zining 11 metrlik nuqtasidan darvozani ishg'ol qila olmagan.
"Futboldan ketadigan kunim kelishiga uzoq vaqt bor. Ammo bir vaqtlar shu narsa haqida ko'p o'ylaganman. Bu "Milan" safida Istambulda "Liverpul"dan CHempionlar ligasi finalida mag'lub bo'lganimdan so'ng ro'y bergan. Bir necha kun hammasi tugadi deb o'ylagan edim. Futbol o'ynash uchun kuchim qolmagandi" - deydi Pirlo.

Fikrlar