Pioli: "Futbolchilar ochko yo'qotish qimmatga tushishini tushunishdi"
02 may 2021 10:42
Yangiliklar
Pioli: "Futbolchilar ochko yo'qotish qimmatga tushishini tushunishdi"
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya doirasida "Benevento"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Jamoaviyliksiz hech nimaga erisha olmasdik. Ha, jamoamiz juda kuchli, ammo barchasi ham bizga bog'liq bo'lib qolmayapti. So'nggi haftalarda buning uchun bir necha marta jazolandik, ammo bugun yaxshi o'yin namoyish qila oldik.
Uchrashuv juda muhim edi - futbolchilar ochko yo'qotish qanchalik qimmatga tushishini yaxshi bilib olishdi. Tashabbusni o'z qo'limizda ushlab turib, to'p bilan tezroq harakat qilish kerakligini tushundik.
Asosiysi - to'psiz harakatlarni yaxshilab, poziciyalarni yo'qotmasdan, ochib qo'ymaslik kerak", - dedi Pioli.
Fikrlar