Pioli: "Atletiko" bilan o'yin - "Milan"ning Chempionlar Ligasidagi so'nggi imkoniyati"

Alisher
24 noya 2021, 11:47
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Atletiko"ga qarshi Chempionlar Ligasi 5-tur doirasidagi o'yin haqida gapirdi.

"Mening ishim - jamoa kayfiyatini ko'tarish, ammo ayni damda bu oson. "Atletiko" bilan o'yin - oxirgi imkoniyatimiz va bu g'alaba qozonish uchun ajoyib imkoniyat. 

Haligacha bizga evrokubokda omad kulib boqmadi. Yaxshi o'yin o'tkazishimiz kerak", - deydi Pioli.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko - "Milan" o'yini bugun bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com