So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

PFL Superliga va Pro-liga klublarini ogohlantirdi Yangiliklar

PFL Superliga va Pro-liga klublarini ogohlantirdi

Teglar :  Pro-ligaSuperliga
Superligasi va Pro-Liga klublari 2019 yilgi mavsumga tayyorgarlikni hozirdanoq boshlaydi.

Odatda futbol klublariga tegishli bo'lgan infratuzilmalar yangi mavsum starti oldidan ko'zdan kechirib chiqilgan. Bazida stadionlar talabga javob bermasa ham, vaqt tig'izligi hisobidan nailoj jamoalarga chempionatda ishtirok etish uchun ruxsat berilgan.

Professional futbol ligasi Superliga va Pro-Liga klublarini ikki oy muqaddam yozma ravishda ogohlantirgan bo'lib, unga ko'ra sentyabr—oktyabr oylarida barcha jamoalar PFL komissiyasi tekshiruvidan o'tishi kerak edi. Bunda akademiya, stadion, baza va boshqa bir qator masalalar yuzasidan xulosa beriladi. Oldindagi yarim yil ichida mavjud kamchiliklar bartaraf etilmasa, u qanday klub bo'lishidan qatiy nazar jiddiy choralar ko'riladi.

Hozir birlamchi maqsad chempionlik yoki legioner futbolchilar hisobiga kuchayib olish emas, infratuzilmaga etibor qaratish bo'lishi kerak. Bungacha ham aytilganidek, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, AGMK va “Qizilqum” futbol klublarining maydoni talabga javob beradi. Qolgan klublar esa buning ustida jiddiy ish olib borishi shart. SHuningdek, futbol akademiyasiga ega bo'lmagan klublar aynan sentyabr oyida bu boradagi rejasini taqdim etishi lozim. 2019 yilgi mavsumdan boshlab klublarning akademiyaga qancha mablag' sarf etayotgani masalasi jiddiy nazorat qilinadi. Akademiyasiga ega bo'lmagan klublar talab etilayotgan mablag'ni o'z akademiyasini qurish uchun yo'naltiradi.        

Futbol klublari bilishi lozimki, uchrashuvlar teletranslyaciyasi masalasida ham monitoring bo'ladi. Har bir stadion bu boradagi talablarga hurmat bilan yondoshishi shart. Ayniqsa, futzal klublari to'p surayotgan zallar va undagi uchrashuvlarni televidenie orqali ko'rsatish masalasi bunda alohida o'rin tutadi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика