So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  10 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  21 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

"Penalty": Temurxo'ja Abduxoliqov: “Xayriya fondi ochish niyatim bor” Yangiliklar

"Penalty": Temurxo'ja Abduxoliqov: “Xayriya fondi ochish niyatim bor”

Loyihamizning navbatdagi qahramoni sifatida “Lokomotiv” klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovni tanladik.
O'z vaqtida “Bunyodkor”, “Paxtakor” va Xorvatiyaning “Xayduk” klublarida faoliyat olib borgan futbolchi suhbat davomida berilgan savollarga ochiq-oydin javob berdi.

Gulshan Sadullaeva: 1. Yoshligizda o'zingizning hozirgi davringizni qanday tasavvur qilardingiz, bugun shularga erisha oldingizmi?
- Yoshligimda televizor orqali Jahon, Evropa chempionatlari, Evropa chempionlar ligasi o'yinlarini tomosha qilardim. Barcha bolalar kabi grand jamoalarda o'ynashni istardim. Bunga O'zbekiston top klublarida to'p surib erishishni maqsad qilganman. Bugungi erishganlarimdan ko'nglim to'q.



Narzulla Saydullaev: 1. Aynan futbolga kirib kelishingiz haqida gapirib bersangiz.
Futbolga kirib kelishimda otam sababchilar. Ular yoshlar murabbiyi bo'lib ishlaydilar. 22-BO'SMda tahsil olganman. “Paxtakor”, “Bunyodkor” yoki boshqa klub tarbiyalanuvchisi emasman.

Gulshan: 2. Sir emas, bazi futbolchilarga jamoaning g'alabasi yoki mag'lubiyatidan ko'ra maydonda o'zining qanday harakat qilgani muhimroq. Bu jarayon sizda qanaqa?
Agar gol ursangiz, zo'r o'ynasangiz-u jamoa mag'lub bo'lsa, bundan rohat topib bo'lmaydi, menimcha. U qadar chiroyli o'yin ko'rsata olmasangiz ham jamoaga etarlicha yordam berib, g'alaba qozonsangiz u holda jamoa ochkolar oladi, siz ham o'z moliyaviy holatingizni yaxshilab olasiz. SHu bois hech qachon o'z manaaftimni jamoa manfaatidan ustun qo'ymayman. To'g'ri, bazan hujum vaqtida sheriklarimga to'p oshirmagan vaqtlarim bo'lgan. Bu narsa ko'pchilikda boshqacha taassurot ham qoldirsa ham sherigimni ko'rmasam, tavakkal qilib to'p uzatmayman. Hech qachon gol uraman deb qulay vaziyatda turgan sherigimdan to'pni atayin qizg'onmaganman.



Narzulla: 2. "Bunyodkor"dan ketish va "Paxtakor"ga o'tish.
2007 yil 15 yoshli bola edim. “Quruvchi”ning yoshlar jamoasiga ko'rikdan o'tgani bordim. Murabbiylarga o'yinim yoqdi va meni olib qolishdi. O'rinbosarlar safida uch yil o'ynadim, chempion bo'ldik, hammasi yaxshi edi. Biroq asosiy tarkibga kirishim so'roq ostida edi. Bilasiz o'sha paytda “Quruvchi”da raqobat juda yuqori edi. SHartnomam tugagandi, o'ynashni istaganim uchun ikkinchi ligada “Yoshlik” klubiga o'tdim. Qishda “Paxtakor” men uchun “Bunyodkor”ga malum summani to'lagandi. SHunda jamoa menga ishonayotganini sezgandim.

Gulshan: 3. Xarakteringizga 3 ta sifat bilan tarif bering
Qiziqqonman, xushchaqchaqman va ... (uzoq o'ylanib) soddaligim bor.

Narzulla: 3. "Xayduk"dagi faoliyatingiz haqida va mashhur jamoadoshlaringiz?

O'zbekistonda 3 yil o'ynadim, “Paxtakor”da ajoyib davrlarni boshdan kechirdim, chempion bo'ldim. SHartnomam yakunlangach klub rahbariyati Osiyo klublari bo'lsa seni qo'yib yubormaymiz o'zimizga ham keraksan, agar Evropadan bo'lsa bemalol qo'yib yuboramiz deyishdi. SHunda Xorvatiyadan “Xayduk” varianti paydo bo'ldi. Turkiyada ushbu jamoada ko'rikdan o'tish uchun bordim va Tbilisining “Dinamo” klubiga qarshi bahsda harakat qildim. Murabbiylar menga shartnoma taklif qilishdi. Faoliyatim juda yaxshi boshlangandi, yarim yil asosiy tarkibda o'ynadim, gollar ham urdim. Evropa ligasi saralashi boshlanishi arafasida yig'in vaqtida jarohat oldim va uzoq muddat davolandim. SHu bois ikki tomon kelishgan holda shartnomani bekor qildik. U erda ukrainalik Artyom Milevskiy o'ynadi. Ko'pchilik uni tanqid qiladi lekin men ko'rgan Milevskiy haqiqiy professional futbolchi edi. Uni Xorvatiyada ham tanishar ekan, katta dabdaba bilan kutib olishgandi.



Gulshan: 4. Futbolga aloqador bo'lmagan amalga oshirishni niyat qilgan qanday orzuingiz bor?
Xayriya fondi ochish niyatim bor. Nogiron bolalarga yordam beradigan fond bo'ladi. Nasib qilsa bu orzuimni amalga oshirishga kirishganman.

Narzulla: 4. “Xayduk” Evropa ligasida ishtirok etdi. Musobaqaning saviya jihatdan OCHLdan qaysi jihatlari ustun yoki past?
Dastlabki bosqichda biz Irlandiya klubini 2:0 hisobida taslim qilgandik. Menimcha bu klubni O'zbekistondagi birinchi beshtalikdagi klublarimiz bemalol enga oladi. Ikkinchi bosqichda Qozog'istonning “SHaxtyor” klubiga qarshi o'ynadik. Ilk uchrashuvni Qarag'andada ikkinchi tarkib bilan o'tkazib 2:4 hisobida yutqazib qo'ydik. Javob bahsida 3:0 hisobida g'olib bo'ldik. So'nggi saralash bosqichida esa Ukrainaning “Dnepr” klubi bilan to'qnash keldik. Safarda 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi, Xorvatiyada 0:0 hisobi qayd etildi. 1:0 ham bizga etarli bo'lardi. Buni qarangki aynan “Dnepr” Evropa ligasi finaliga chiqdi...
OCHL va Evropa ligasining farqiga kelsak – tezlik. Tashkilotchilik borasida esa menimcha Osiyo chempionlar ligasi Evropa ligasidan qolishmaydi. Faqat Evropada OAV vakillariga imkoniyatlar hamda vakolatlar ko'proq.



Gulshan: 5. Odatiy savol: kitoblarga yaxshi do'stmisiz?
O'zbekistonga kelgach bo'sh vaqtim juda kam bo'lmoqda. Splitdaligimda esa ko'p kitob o'qirdim. “Yulduzli tunlar”ni miriqib o'qigandim. Split juda kichik shaharcha edi, mashg'ulotlardan keyin bo'sh vaqtim ko'p bo'lardi. Hozir esa vaqt topish juda qiyin bo'lib qoldi.

Narzulla: 5. Hazilomuz savol: Faoliyati davomida jamoasining ashaddiy raqibi tarkibiga o'tgan futbolchilarni sanab bera olasizmi?

(Kuladi) Figu “Barselona”dan “Real”ga o'tdi, Ronaldo “Barselona”dan “Inter”ga, “Inter”dan “Real”ga o'tdi. Teves “Manchester Yunayted”dan “Manchester Siti”ga o'tdi, Lempard “CHelsi”dan “Manchester Siti”ga o'tdi. Bunday o'yinchilar ko'p.

Gulshan: 6. Gollaringizni qanday nishonlash borasida ham bosh qotirasizmi? Umuman shu jarayon futbolchilarda qanday kechadi?

Yo'q, buning uchun alohida vaqt ajratib o'tirmayman(kuladi). Gol ursam o'zbekona qilib, oddiygina nishonlayman. Sababi ertaga gol ura olmasligim bor. Gol urgan vaqtda, odatda, kim pas oshirgan bo'lsa o'sha futbolchiga rahmat aytishga oshiqaman. O'zbekistonda faqat Jeparov tayyorlansa kerak, qolganlar haqida bir gap ayta olmayman.



Narzulla: 6. Igor Tudor qanday murabbiy ekan?
Tudor, o'ylab qarasam, u qadar yomon murabbiy emas. U o'zi jahon darajasida futbol o'ynagan. Futbolchilarni juda yaxshi tushunardi. Bitta voqeani aytib beraman. Yuqorida aytganimdek Evropa ligasi doirasida “SHaxtyor”ga safarda 2:4 hisobida yutqazib qo'ydik. Har uch kunda o'yin bor edi. Tudor navbatdagi o'yindan 2 kun oldin butun jamoani ikkita kemaga joylab kichik orolchaga olib ketdi. Xorvatiyaning daryolari va orollariga so'z bilan tarif berib bo'lmaydi. Futbolchilar maza qilib dam olib qaytishgandi. Natijada javob bahsida 3:0 hisobida g'alaba qozondik. Murabbiy ham bazida noodatiy harakatlarni amalga oshirib turishi kerak ekan.

Gulshan: 7. Jamoadoshlaringizdan kimning hech kimga o'xshamagan, o'zgacha hislati haqida ayta olasiz?

Oleg Zoteevdan ajoyib qo'shiqchi chiqardi. Karaokeda berilib kuylaydi, juda xushchaqchaq yigit. Olegda tashkilotchilik hislati ham kuchli. Futbolchilarni tezda bir joyga yig'a oladi.

Narzulla: 7. O'zingiz bilan birga o'ynagan eng kuchli uch nafar futbolchi va uch nafar murabbiy
Eng kuchli murabbiylar: Otam. Yosh bolani futbol o'ynashga o'rgatish boshqa, tayyor futbolchiga murabbiylik qilish boshqa. Igor Tudor, Samvel Babayan va Vadim Abramov. To'rtta bo'lib ketdi (kuladi). Eng kuchli futbolchilar: Artyom Milevskiy, katta Jasur Hasanov va Rivaldo. Rivaldo bilan o'ynamaganman-u, bir jamoada mashg'ulotlar o'tkazganman.



Gulshan: 8. Internetda qanchalik faolsiz?
To'g'risini aytsam faqat “Facebook”da borman. Buni chet elliklar bilan aloqada bo'lib turish maqsadida akam ochib bergandilar. Rasm qo'yishni ham yaqinda o'rganib oldim(kuladi). Boshqa ijtimoiy tarmoqlarda yo'qman. Futbol saytlariga muntazam kirib turaman. Xorijiy saytlardan “Xayduk” rasmiy saytini, eurosport.com ni kuzatib boraman.

Narzulla: 8. Panenka stilidagi penalti qachon futbol atamalari qatoridan o'rin olganini bilasizmi?
Qachon va nima uchun kiritilganini bilmayman, lekin Pele o'sha zarbadan keyin shunday degandi: Bu bola yoki jinni, yoki juda ham sovuqqon. Penaltini tepgan futbolchi esa agar qattiq tepsam darvozabon yonga otilishga ulgurmasligi mumkin edi, judayam sekin tepsam darvozabon o'rnidan turib to'pni ushlab olishi mumkin edi degan ekan.
Javob: 1976 yil Evropa chempionati finalida chexoslovakiiyalik Antonin Panenka tomonidan GFR darvozasiga urilgan.

Gulshan: 9. Blic savollar:
- Qaysi hollarda yolg'on gapirasiz?

Noqulay holatga tushib qolgan paytlarimda
- Nimadan ko'proq afsuslanasiz?
Noqulay holatga tushib qolib, yolg'on gapirganimdan
- Zaif tomoningiz nimada?
Ko'nglim bo'sh
- Ustun jihatingiz-chi?
Sir saqlay olaman
- Alifbo bayramida qaysi harf bo'lgansiz?
“Alifbo” bo'lganman (kuladi)
- Qaysi tarixiy shaxslar bilan zamondosh bo'lishni xohlardingiz?
Alisher Navoiy va Leonardo Da Vinchi
- Nimani kechirishingiz qiyin?
Xiyonat
- Nimani osonlik bilan kechira olasiz?
O'zini manfaatini o'ylab aytilmagan yolg'onni
- Qaysi ezgu ish yoki hislatni ko'proq yoqtirasiz?
Sahiylik, mehribonlik
- Qaysi ovqatni yoqtirmaysiz?
Ovqat tanlamayman.
- Ko'p savol berishlarini yoqtirasizmi?
Yo'q (kuladi)



Narzulla: 9. O'zingiz amalga oshira olmagan penaltilar ichidagi eng alamlisi qaysi?

Yaqinda “Qo'qon-1912”ga qarshi bahsda penaltidan gol ura olmadim. Lekin qaytgan to'pni baribir darvozaga kiritdim. Penaltidan gol ura olmay qaysidir sovrindan quruq qolgan holatlar bo'lmagan, bo'lmasin ham.

Gulshan: 10. Farzandingiz sizning izdoshingiz bo'lishini qanchalik istardingiz?

O'g'il farzandim bo'lsa, futbolchi bo'lishini juda istardim. Kasbimni juda sevaman, bolam ham futbolchi bo'lishini xohlardim.

Narzulla: 10. Qaltisroq savol: Intervyularingizdan birida "Agar Evropaga ketmasdan O'zbekistonda qoladigan bo'lsam, unda "Paxtakor"dan ketishdan mano ko'rmayapman. O'zbekistonda "Paxtakor"dan boshqa jamoada to'p tepishni,o'zim uchun orqaga tashlangan qadam deb bilaman", degansiz. Hozir "Lokomotiv"dasiz...
To'g'ri bu gapni aytgandim. O'sha paytda Evropadan taklif bo'lmasa “Paxtakor”dan ketishdan mano ko'rmagandim. Hozir esa Evropada o'ynab keldim. Jarohatim bor edi. SHu yil qishda “sherlar” safiga o'tishim deyarli aniq edi. Bazi sabablar tufayli o'tish amalga oshmadi. Sababi jamoada katta o'zgarishlar bo'lmagan, o'sha-o'sha futbolchilar, o'sha murabbiylar. O'zim ham “Paxtakor”ga o'tishimni istagandim. Keyinroq “Lokomotiv”dan taklif tushdi va “temiryo'lchilar” tarkibiga qo'shildim.



Gulshan: 11. Bu uchrashuvda siz kutgan lekin berilmay qolgan savol?
Loyihaning oldingi sonlarini kuzatdim. Kutilgan va kutilmagan savollarni berdingiz. “Jamoadoshlaringizdagi yaxshi va yomon hislat” haqidagi savolga tayyorlanib kelgandim (kuladi).

Narzulla: 11. Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi
Totti! 2000 yil yarim finalida Italiya va Gollandiya o'rtasidagi o'yindan keyingi penaltilar seriyasida urgan penaltisi. Yuqorida aytilgan uslub, Panenka uslubida gol urgandi. Bunday zarbani birinchi marta ko'rishim edi. Avvaliga to'p qanday qilib darvozaga borib tushganini tushunmay qolgandim.  


Gulshan Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov


“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim”

“Penalty”. Zohir Pirimov: “Futbol meni o'zgartirdi”

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda”

“Penalty”: Igor Sergeev: “Futboldagi hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi”
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика