"Neftchi" chempion bo'lgan oxirgi mavsumda o'zbek va dunyo futboli qanday edi?
11 noy 15:46
Yangiliklar
"Neftchi" chempion bo'lgan oxirgi mavsumda o'zbek va dunyo futboli qanday edi?
O'zbek futboli tarixidagi yorqin jamoalardan biri so'nggi bor 2001 yilgi mavsumda chempionat oltin medallariga ega chiqqan. Shundan beri oradan 24 yil vaqt o'tdi. Bosh sovrin uzoq yillar Toshkentda "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" qo'lida yurdi. Keyin esa o'tgan yili "Nasaf" uni o'ziniki qildi. Bu mavsumda "Neftchi" yaqin kelyapti.

"2001 yil 9 noyabr. O'sha kuni “Neftchi” aslida 20 iyun kuni o'tkazilishi lozim bo'lgan 17-turning qoldirilgan uchrashuvida Toshkent viloyatining “Do'stlik” jamoasini qabul qildi. G'alaba Yuriy Sarkisyan boshchilik qilayotgan jamoaning tarixda 5-bo'lib oltin medallarga ega chiqishini anglatardi. Buni yaxshi anglagan “Neftchi” dastlabki daqiqalardan oldinga tashlandi. Stadionni to'ldirib o'tirgan ishqibozlar Umid Isoqov va Mansur Saidov mehmonlar darvozasini ishg'ol qilganda ajoyib xursandchilik bilan gollarni nishonlashgandi. Ayniqsa, o'yinning oxirgi daqiqalarida yaqinlashib kelayotgan chempionlikni nishonlash esda qolarli bo'lgan. Oxir-oqibat uchrashuv 2:0 hisobida farg'onaliklar muvaffaqiyati bilan tugadi. Stadion esa tom manoda “portladi”. G'alaba, chempionlik shahar ko'chalarida bayram qilingandi",- deya eslaydi hamkasbimiz Behzod Nazarov.

O'sha yili jamoa tarkibida Timur Kapadze, Mansur Saidov porlab chiqqan. Tajribali nomlardan aka-uka Do'rmonovlar, Sergey Ni, darvozada Georgi Zabirov asosiy ishni bajargan. Qizig'i biz yarim himoyachi sifatida tanigan Kapadze Sarkisyan qo'l ostida hujumda harakat qilgan, o'sha yili Superligada 8 ta o'yinda 2 ta gol urgan. Keyingi mavsumda esa "Paxtakor"ga yo'l olgan. Akmal Xolmatov, Umid Isoqov, Valentin Poddubni, Aleksandr Pisarevlar ham g'alabalarga munosib hissa qo'shgan.
“NEFTCHI”-2001
Futbolchi | Tug'.sana | O'yin | Gol |
Abdumajid Toirov | 05.08.1974 | 33 | 4 |
Akmal Xolmatov | 04.04.1976 | 33 | 7 |
Umid Isoqov | 22.12.1978 | 32 | 28 |
Stanislav Kudryashov | 20.08.1975 | 32 | - |
Sergey Ni | 03.08.1975 | 32 | 15 |
Vladimir Radkevich | 31.03.1976 | 32 | 5 |
Anvar Berdiev | 11.05.1978 | 31 | 14 |
Georgiy Zabirov | 01.06.1974 | 31 | -24 |
Rustam Do'rmonov | 28.01.1969 | 26 | 7 |
Otabek Shomurodov | 21.07.1974 | 26 | - |
Abdusamad Do'rmonov | 15.11.1965 | 23 | - |
Mansur Saidov | 01.11.1983 | 23 | 3 |
Valentin Poddubniy | 05.07.1974 | 22 | 1 |
Sherzod Rayimjonov | 28.04.1979 | 19 | 1 |
Yakub Memetov | 09.07.1975 | 16 | - |
Ravshan Mataliev | 05.03.1978 | 12 | - |
Ilya Kovalenko | 17.04.1980 | 9 | 1 |
Temur Kapadze | 05.09.1981 | 8 | 2 |
Aleksandr Pisarev | 21.07.1973 | 8 | 3 |
Vitaliy Petrov | 01.04.1974 | 6 | - |
Vladislav Filippov | 22.05.1971 | 5 | -3 |
Anton Nazarikov | 02.07.1980 | 3 | - |
Maqsud Toirov | 13.01.1978 | 2 | - |
Bundan tashqari 2001 yil futbolimizda yana nimalar bo'lganini ko'rib chiqsak.

"Keksa sinora" tarkibida ilk bor o'zbekistonlik yarim himoyachi Ilyos Zeytullaev paydo bo'ldi. Bu o'sha davr uchun haqiqatdan ham kutilmagan va shov-shuvli voqeasi sifatida qabul qilingan.

Jarohat sabab butsalarini erta mixga ilgan Shuhrat Maqsudov xayrlashuv uchrashuvini o'tkazgan. Stadionga minglab tomoshabinlar tashrif buyurgan.

Futbolimizda yangi davr boshlangan paytlar. O'zbekiston terma jamoasiga rossiyalik Vladimir Salkov olib kelingan. Lekin u ham Jahon chempionatiga olib chiqa olmagan. O'zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreya mezbonlik qiladigan mundialdan chetda qolgan.

O'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov "Krilya Sovetov" tarkibida muhim figura bo'lib xizmat qilgan. U samaraliklar safida 46 ta o'yinda 6 ta gol urgan.

"Neftchi" hujumchisi Umid Isoqov 28 ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to'purari sifatida qayd etilgan.

Bahrom Hakimov ustozligidagi "Nasaf" o'sha yili Osiyo Chempionlar Kubogidagi yurishini boshlagan. Yakunda "ajdarlar" yarim finalgacha etib borgan.

O'zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi Ektor Kuper ECHLda "Valensiya" bilan finalda "Bavariya"ga engilgan. Qiziq fakt, Kuper 2000 yilgi mavsumda ham finalgacha etib kelgan va "Real Madrid"ga engilgan.

Maykl Ouen "Oltin to'p"ni yutgan. Hozirgacha u bu sovringa ega chiqqan oxirgi ingilis futbolchisi bo'lib turibdi.
2001 yil siz uchun yana qanday voqealar bilan esda qolgan?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar