O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2026, 20:15
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov jarohat oldi.

Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

“Hojiakbar Alijonov mashg'ulotlar paytida oyog'ining boldir mushak qismida noqulaylik his qilgan.

Tibbiy diagnostik va klinik tekshiruv xulosalarga ko'ra, himoyachimizning tiklanishi uchun 1 hafta muddat talab etiladi.

Ayni damda Alijonov tibbiy shtab nazorati ostida individual ravishda tiklanish mashg'ulotlarini olib bormoqda” - deyiladi O'FA matbuot xizmati bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA