U-17 Jahon chempionati. Guruhdan chiqsak, kim bilan o'ynaymiz?
11 noy 18:12
Yangiliklar
U-17 Jahon chempionati. Guruhdan chiqsak, kim bilan o'ynaymiz?
Shu bois ko'pchilikda savol tug'ilyapti: agar O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi guruhdan chiqsa kim bilan o'ynaydi? Quyida bu borada malumot keltirib o'tamiz.
O'zgargan format
U-17 Jahon chempionati shu paytgacha 24ta terma jamoa bilan o'tkazib kelinayotgandi, biroq FIFA prezidenti Janni Infantino taklifi bilan ishtirokchilar soni 48taga etkazildi. 48 jamoa to'rttadan 12 guruhga bo'lingan bo'lib, har bir guruhdan 1-2-o'rinlarni egallagan jamoalar bilan birgalikda eng yaxshi uchinchi o'rin egalaridan yana 8tasi pley-offga yo'l oladi. Shunda jami 32ta jamoa keyingi bosqichga chiqadi.
Pley-off o'tkazish tartibi
Bu o'rinda FIFA yana bir yangilikka qo'l urgan deyish mumkin. Gap shundaki, 12ta guruh g'oliblari (12ta jamoa) umumiy alohida jadvalga olinadi va faqat birinchi o'rinlar jadvali tuziladi. Guruh etakchilari jadvali hozirgi paytda quyidagicha ko'rinish olgan.

O'z guruhlarida ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar uchun ham alohida jadval shakllanadi (jami 12ta jamoa). Bu jadvalda faqat ikkinchi o'rinlar bo'ladi. Ikkinchi o'rinni egallab turgan jamoalar jadvali shunday ko'rinish olgan.

Va oxirida 8ta eng yaxshi 3-o'rin egalari uchun ham alohida jadval bo'ladi (jami 8ta jamoa). Natijada musobaqaning 1/16 finali quyidagicha formatda o'tkaziladi.

Guruh g'olibi #1 - Uchinchi o'rin #8
Ikkinchi o'rin #4 - Ikkinchi o'rin #5
Guruh g'olibi #8 - Uchinchi o'rin #1
Guruh g'olibi #9 - Ikkinchi o'rin #12
Guruh g'olibi #4 - Uchinchi o'rin #5
Ikkinchi o'rin #1 - Ikkinchi o'rin #8
Guruh g'olibi #5 - Uchinchi o'rin #4
Guruh g'olibi #12 - Ikkinchi o'rin #9
Guruh g'olibi #2 - Uchinchi o'rin #7
Ikkinchi o'rin #3 - Ikkinchi o'rin #6
Guruh g'olibi #7 - Uchinchi o'rin #2
Guruh g'olibi #10 - Ikkinchi o'rin #11
Guruh g'olibi #3 - Uchinchi o'rin #6
Ikkinchi o'rin #2 - Ikkinchi o'rin #7
Guruh g'olibi #6 - Uchinchi o'rin #3
Guruh g'olibi #11 - Ikkinchi o'rin #10
Bu o'rinda jamoalarning 1dan 32gacha bo'lgan reytingi tuzilmaydi va yuqoridagi kabi 1/16 final juftliklari shakllanadi. Shunisi qiziqki, qolgan guruhlardagi barcha 3-tur o'yinlari tugamaguncha O'zbekiston U-17 kimga tushishini aniq bilmaymiz. Guruhda birni olsak boshqa, ikkini olsak boshqa, uchinchi bilan chiqsak umuman boshqa jamoa raqibimiz bo'lib qolishi mumkin.
X.Xoliqov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar
1 ўринни олса зўр экан
Bizga raqib birinchi oʻrinlardan Italiya ekan.