So’nggi yangiliklar

13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  1 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  1 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0

Penalty: Aziz Ibragimov: "Mening yuragim boshqalarinikidan kattaroq" Yangiliklar

Penalty: Aziz Ibragimov: "Mening yuragim boshqalarinikidan kattaroq"

Loyihamizning bu safargi mehmoni sifatida o'z vaqtida Slovakiya va CHexiya chempionatida faoliyat olib borgan "Buxoro" klubi yarim himoyachisi Aziz Ibragimovni tanladik.

Futbolchi Evropadagi faoliyati, oilaviy hayoti, qaysi murabbiylarni kuchli deb bilishi va Roberto Badjoning ko'pchilik bilmaydigan penaltisi haqida gapirib berdi.

Matluba Sadullaeva: Bolalik va futbolga kirib kelishingiz haqida gapirib bering.
- O'zim Toshkent shahrida tug'ilganman. 8-9 yoshda futbolga qatnashishni boshlgandim. Aslida futbolchi bo'laman deb o'ylamagandim. Karate va taekvando sport turlariga qiziqishim baland edi. Ko'pincha “Bryus Li”, “Van Dam” va shu kabi jang ustalarining filmlarini ko'rib katta bo'lganman. Futbolga kirib kelishimga asosiy sababchi Asqar Tolibjonov hisoblanadi. Keyinchalik esa taqdir taqozosi tufayli Baxtiyor Nuraliev jamoasida futbolga qatnay boshlagandim.


Narzulla Saydullaev:  Dastlab "Traktor"da, so'ngra "SHo'rtan" va "Mashal"da o'ynadingiz. Ushbu klublardagi faoliyatingiz haqida.
- “Traktor”ga kelishimga Ravshan Haydarovning yordamichsi bo'lib ishlagan Mirzohid G'ulomovning xissasi katta bo'lgan. O'sha yil birinchi davradan so'ng Vadim Abramov jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Ochig'ini aytadigan bo'lsam Abramov yoshlarga imkon berishdan qo'rqmasdi. “Paxtakor” bilan o'yinda asosiy tarkibda meni maydonga tushirgandi. O'shandan so'ng o'ynayotgan o'yinlarimdagi natijalar yaxshi tarafga o'zgara boshladi. Biroq keyinroq Rauf Inileev boshchiligidagi “SHo'rtan” meni ijaraga oldi. G'uzorda ham faoliyatim yaxshi kechgan. Aynan usha paytlari O'zbekiston kubogidagi o'yinimni Viktor Romanovich Jalilov ko'rib meni “Mashal”ga taklif qilgandi. Muborak klubi safida Osiyo chempionlar ligasida maydonga tushgandim. Tez orada Jalilovning o'rniga Viktor Kumikov kelgan. Uning qo'l ostida “Al Ahli” klubiga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlgandim. O'sha uchrashuvda Zafar Xolmurodovga golli pas oshirganman. Aynan o'sha voqealar hayotimni tubdan uzgartirib yubordi va o'zimga  bolgan ishonch oshirdi.

Matluba: Aziz Ibragimov hayotda qanday inson?
- (uylanib) Aslini olib aytadigan bo'lsam futbolda umuman boshqa, hayotda umuman boshqa insonman. Ota-onam ukalarim oldida o'zimni og'ir bosiq tutishga harakat qilaman chunki oilada to'ng'ich farzandman. Turmush o'rtog'im yonida esa o'zimni erkinroq, sho'xroq tutaman. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam har bir narsani o'z o'rni, o'z yo'rig'i bor!

Narzulla: "Slovan" varianti qanday paydo bo'ldi? Bratislava klubidagi ikki yillik faoliyat haqida...
- Bunga Islom Xodjaev sababchi bolgan. Ular bilan Sardor ismli o'rtog'im orqali tanishib qolganmiz. Islom Xodjaev “Slovan” klubi xo'jayinining o'g'li bilan Moskvada birga  o'qgan. Aynan shu inson tufayli klubga ko'rikdan o'tish uchun borganman. Aslida “Slovan”ga hujumchi kerak bo'lgandi. Men esa himoya va yarim himoyada o'ynardim. O'zimni hujumda ham sinab ko'rishga qaror qilgandim. Yosh bola edim, mehmonxonadan stadionga borishda mendek yigitlar bu erda ham ko'p bo'lsa kerak deb o'ylab hech bo'lmasa Slovakiyani ko'rib ketar ekanmanda degan hayol o'tgandi. Biroq mashg'ulotlarda ishlab shuni bildimki u qadar qiyin emas ekan. Ikki kunda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandik va men ikkita gol urgandim. Klub prezidentining o'zi kelib “Ceni jamoada olib qolamiz, ajoyib hujumchi ekansan degandi” (kuladi). O'shanda “Mashal” bilan amaldagi shartnomam bor edi. Transferim uchun qancha pul berishganini bilmayman, lekin Muborak klubi ikki marta Slovakiyada yig'in o'tkazishi, ikki yil forma bilan taminlash mana shu transfer doirasida bo'lgandi. O'shanda SHuxrat Mirxoldirshaev, Dilyaver Vaniev yig'inlardan so'ng sharoitlar ajoyib bo'lganini hozirgacha kulib eslashadi.

Jamoa meni juda yaxshi qabul qilgandi. “Slovan”dagi faoliyatim ajoyib kechgan. Klub prezidenti mister CHernak meni yaxshi ko'rardi. Murabbiylar almashgach yangi murabbiy menga kam ishonch bildirargan. SHu bois prezidentning o'zi kelib “Aziz yaxshisi yangi klub top, bu erda kam o'ynaysan shekilli” degandi. SHu tariqa boshqa klubga ijaraga o'tishni o'ylab qoldim...



Matluba: Futbol siz uchun ...
- Futbol men uchun hamma narsa. Bir voqeani aytib beraman. 18-19 yoshligimda tibbiy ko'rikdan o'tganimda yuragim bilan muammo chiqqan. To'g'rirog'i shifokorlar yuragim boshqalarning yuragiga nisbatan kattaroq ekani aytishgan va menga boshqa  futbol o'ynash mumkin emasligini aytishganida dunyo ko'zimga qorong'u ko'ringan. Futbolchi bo'la olmasligimni xatto tasavvur ham qila olmaganman. Bu xuddi bir qizni yaxshi ko'rib qolsangizu, oila azolaringiz yo'q deyishganidek gap edi. SHukurki shuncha yildan buyon futbol o'ynab kelayapman, yuragim hech qanday muammo chiqqani yo'q. Lekin har safar tibbiy ko'rikdan o'tganimda yuragim katta ekanini doim aytishadi.

Narzulla: Endi "Bogemians"ga o'tish va u erdagi hayot haqida.
- Meni “Bogemians”ga ijaraga berishdi. Boshida “Slovan”ga qaytib boraman deb o'ylagandim. Ammo klubga kelganimda uning muxlislari meni lol qoldirgandi. “Bogemians”ning stadioni xuddi o'zimizning “JAR” stadioniga o'xshardi, yani yugurish yo'lakchalari yo'q edi. Muxlislar jamoani ajoyib tarzda qo'llab turishardi. Yarim yil o'ynaganimdan so'ng meni “Slovan”dan to'liq sotib olishgandi va men bilan 3,5 yillik shartnoma tuzishdi. Ikkita hujumchi taktikasida o'ynardik. Hujumda Milan SHkoda bilan birga tandemda o'ynardik. Asosan orqaroqda, qora ishlar bilan shug'ullanardim. SHkoda esa so'nggi zarbani beradigan hujumchi edi. Mavsum davomida 1ta yoki 2ta gol urardim. Muxlislar xatto bir ovozdan “Aziz, gol, Aziz, gol” deb baqirib har o'yinda mendan gol kutishardi. Rostini aytsam bu menga yoqardi (kuladi).

Matluba: Turmush o'rtog'ingiz Oksana bilan qanday tanishgansiz. Uning qaysi jihatlarini qadrlaysiz?
- Bu ham o'ziga xos tarixga ega. Pragaga uchayotganimda o'zbekistonlik Eleonora ismli qiz bilan tanishib qolgandim. O'zga davlatda o'z yurtdoshimni ko'rib xursand bo'lgandim. Bir safar u bilan ko'rishgani borganimda Eleonora Oksana bilan kelgandi. O'shanda u bilan tanishib uni yoqtirib qolgandim. Uning kamgapligi, kamtarligini qadrlayman. To'g'risi notanish insonlar bilan tez chiqishib keta olmayman, lekin Oksana bilan unday bo'lmadi biz juda  tez til topishib ketganmiz. Oksana bilan 3 yil uchrashib yurdik va turmush qurishga qaror qilgandik. To'yimizdan oldin uni O'zbekistonga olib kelib ota-onamning roziligi bilan turmush qurdik. Ular mening qarorimni hurmat qilishgani uchun rahmat aytaman.



Narzulla: Evropaning ikki davlatida o'ynagach Xitoy klubiga o'tishga qaror qildingiz...
- “Bogemians” bilan shartnomam tugayotganida “Preshov” klubi yig'inida qatnashgandim. SHu bois sobiq klubimdagilar menga katta jarima solishgandi. O'shanda “Opel Astra” mashinasini “Bogemians” klubiga sovg'a qilgandim. Xitoyga o'tishimga ham Islom Xodjaev sababchi bo'lgandi. Erkin agent bo'lganim uchun o'zimni “Cindao Jonun” klubida sinab ko'rishga qaror qilgandim. Ildar Magdeev bilan bir oy o'sha jamoada o'ynagandik. Braziliyalik Leo bilan do'stlashib ketgandim. Hozirga qadar aloqalarimiz saqlanib qolgan. Xitoyda Seydu Keyta, Anelka, Drogba, Yakubu Ayigbeni kabi yulduzlarga qarshi o'ynaganman.

Matluba: Slovakiya, CHexiya, Xitoy. Qaysi mamlakatda ko'proq maosh berishadi?
- So'zsiz Xitoyda. Xitoyda futbolga katta pullar tikilgan. Faqat maosh borasida emas, boshqa sharoitlar haqida ham shuni aytishim mumkin. Oddiy misol “Cindao”da bir mavsumda menga 6 juft butsa berishgandi. Futbolkangizning kichkina joyi yirtilib qolgan bo'lsa ham klub mamuri kelib yangisini berib “Buni kiyma klub obro'sini tushurasan” deydi. Jamoa doim besh yulduzli mehmonxonalarda yashardi. Futbolchilar uchun sharoitlar ajoyib edi. Xitoyda futbolga bo'lgan etibor o'sib bormoqda. Oddiy daraxtga ham mehr va etibor bersangiz bir kun kelib meva beradi. Rivaldo kabi uyinchilar o'ynaganida O'zbekiston futbolida ancha rivojlanish kuzatilganini hech kimga isbotlash shart emas. Muxlislar tashrifi ko'paygandi va hokazo.

Narzulla: Ammo yana CHexiyaga qaytishga qaror qildingiz. Qisqa vaqt ichida uchta klubda o'ynadingiz.
- “Cindao” bilan shartnomam tugagandi. Ular menga darhol yangi kelishuvni taklif qilishgandi. Biroq o'ylab olishga vaqt beringlar degandim. Bundan hozirgacha afsuslanaman. CHexiyaga borib biroz dam olib o'ylab olmoqchi edim. Biroq shartnomadan darak bo'lavermadi. Keyin bilsam jamoa SHerzod Karimovni sotib olgan ekan. CHexiyada ham transfer oynasi yopilayotgandi. Birinchi liga vakili “Banik Most” bilan yarim yillik shartnoma tuzdim. Keyin “Bogemians”da birga ishlagan murabbiyim Pavel Xoftich “CHeske Budeyviyce”ga meni chaqirgandi. Jamoa o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi bo'lgani uchun rozi bo'lgandim. Bu erda 3-4ta o'yinda zaxiradan maydonga tushgandim. Keyinroq jamoa meni “Bogemians”ga ijaraga berdi.  



Matluba: Blic savollar:
- "Slovan" tarixidagi eng mashhur futbolchi?
- Marek Xamshik
- "Bogemians" tarixidagi eng mashhur futbolchi?
- Antonin Panenka
- CHexoslovakiya qaysi yil Evropa chempioni bo'lgan?
- 1996 (javob: 1976)
- Yoqtirgan mashinangiz?
- “Folksvagen”
- JCH-2006da birinchi golni kim urgan?  
- Bilmayman (javob: Filipp Lam)
- Qay biri kuchli? Braziliyalik Ronaldomi yoki Zidan?
- Zidan

Narzulla: "Andijon", "Dinamo" va "Buxoro"dagi faoliyatiningiz haqida nima deya olasiz?
- O'tgan yil “Andijon” rahbariyati menga jamoani oliy ligada qolishiga yordam berishini so'rab taklif bilan chiqishgandi. Bir necha yil xorijda faoliyat olib bordim. Ota-onamga yaqinroq bo'lish uchun ham “Andijon”ga o'tishga rozi bo'ldim. Afsuski taklif qilganlar futbolchilarga sharoitlarni yaratib bera olishmadi. Agar etarlicha  etibor bo'lganida edi, “Andijon” oliy ligada qolgan bo'lardi. Bu yil boshida Tachmurad Agamurodov “Dinamo”ga taklif qildilar. Ularni murabbiy sifatida juda ham hurmat qilardim. Agamurodovga og'izaki tarzda roziligimni aytgandim. “Lokomotiv” bosh murabbiyi Vadim Abramov ham menga taklif bilan chiqqandi. Biroq hali shartnoma tuzmagan bo'lsam ham Agamurodovga so'z berganim uchun “Dinamo”ga o'tdim. Samarqand juda chiroyli shahar, stadion ajoyib, ammo oddiygina mashg'ulot maydoni yo'q. Mashg'ulot o'tkazadigan maydonimiz sifati juda ham yomon edi. Issiqda uzoq yo'l bosib mashg'ulot o'tkazish uchun borib kelardik. Xozirgi kunga kelib “Dinamo” rahbariyatida o'zgarishlar sodir bo'lmokda, mana ko'rib turibsizki vaziyat o'nglanmoqda. “Buxoro” rahbari esa doim jamoaga yordam beradi. Mashg'ulotlarga o'yinlarga kelib yigitlarga ruhan dalda berib turadi. Bu abatta futbolchilar uchun juda ham muhim hisoblanadi.

Matluba: Andijon, Samarqand va buxorolik muxlislar haqida qanday fikrdasiz?
- Barcha muxlislar doim jamoani qo'llab turishadi. Lekin ular orasida andijonlik muxlislarga etadigan bo'lmasa kerak. “Andijon” oliy ligadan tushib ketishi aniq bo'lganiga qaramay stadionga minglab odamlar kelib jamoa yutqazayotgan bo'lsa ham qo'llab turishardi. Ularga rosti rahmim kelgandi, bunday muxlislarga kuchli “Andijon” kerak. Agar yaxshilab etibor qilsangiz “Andijon”, “Samarqand” va “Buxoro”ning uy o'yinlariga juda ko'plab muxlislar keladi. Stadionlarda ularga yanada yaxshi sharoit yaratib berilishi kerak. Bazida barabanlarni, bazida plakatlarni kiritishmas ekan. Evropada bunday holatlarni umuman ko'rmaganman. Muxlislarga ko'proq erkinlik berilishini xohlardim.



Narzulla: Terma jamoadagi eng yoqimli, eng yomon va eng chiroyli o'yiningiz qaysi?
- (uylanib) Adashmasam eng yoqimli o'yin Singapurga qarshi safardagi o'yin. O'shanda 7:3 hisobida zafar quchgandik (kuladi). Ikkinchi bo'limda maydonga tushib gol urishga erishgandim. Eng chiroyli bahs 2007 yilgi Osiyo Kubogi doirasidagi Malayziyaga qarshi bahsda 5:0 hisobida yutgandik. Bu o'yinda ham gol urgandim. Eng yomon o'yinim Iroqqa qarshi Janubiy Koreyadagi o'rtoqlik uchrashuvi. O'sha bahsning boshida qo'polligim uchun hakam menga darhol qizil kartochka ko'rsatgan. O'shanda o'rtoqlik uchrashuvi bo'lgani uchun o'rnimga boshqa futbolchi tushgandi.

Matluba: Tasavvur qiling siz klub rahbarisiz. O'z klubingizga oladigan 11 nafar futbolchini sanab bering.
- Darvozada Edvin van der Sar, ung qanot himoyasida Kafu, markaziy himoyachilar – Serxio Ramos va David Luiz, chapda Marselo, yarim himoyada Zidan va Kaka, ung qanot yarim himoyasida Ozil, chap qanotda Krishtianu Ronaldu, xujumga Roberto Badjo bilan Alessandro Del Pero. Jamoaga murabbiy etib shubxasiz Joze Mourinoni tayinlardim.

Narzulla: O'zbekistonlik futbolchilar Evropada o'ynab ketishlari uchun nima qilishlari va nima qilmasliklari kerak?
- Eng avvalo professionallikka intilishlari kerak. Gohida afsus qilaman yoshligimda hozirgi aqlim bo'lganidami. Usha paytlari menga berilgan sharoitlardan unumli foydalana oliaganman. Bazan mashg'ulotlar ertalab bo'lardi, bir necha marta uxlab qolib mashg'ulotlarni o'tkazib yuborganman. Mashg'ulotlarda bazida 100 foiz kuch bilan ishlamasdim. Yoshlarga bunday qilmasliklarini tavsiya qilaman. Mehnatda gap ko'p. Yurtimizda qobiliyatli futbolchilar juda ko'p, agar o'zlariga ishonchi bo'lsa va mehnat qilishdan to'xtashmasa Evropa klublarida bemalol o'ynay olishadi.

Matluba: Penaltini o'zgacha amalga oshirgan va tarixga kirgan Antonin Panenka "Bogemians" klubida faoliyat olib borgan. Hozir esa u klub xo'jayini sanaladi. Klubda unga etibor qanday?
- U buyuk shaxs hisoblanadi. Nafaqat “Bogemians”da balki butun CHexiyada uning obro'si juda katta. Milliy bayramlarda u doim faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi. Millat qahramoni desam yanglishmagan bo'laman.
- U bilan suhbatlashganmisiz? Qanday inson?
- Bir necha marta suhbatlashganman. To'g'risi u kishiga hurmatim beqiyos. Panenka  haddan tashqari jiddiy inson. Uni kulib yurganini deyarli ko'rmaysiz. Ochig'ini aytsam juda kam kuladi.


Narzulla: Siz bilan birga ishlagan eng kuchli uch nafar murabbiy kim? Ularga tarif bering.
- Viktor Kumikov – o'z ishining haqiqiy ustasi. O'yinlarga tayyorgarlik vaqtida videolar orqali futbolchilarning barchasiga oddiy ikir-chikirigacha tushuntirib berardi. Bazi murabbiylar o'yindan oldin “demak yigitlar 3-5-2 taktikasida o'ynaymiz”, deydi. Kumikov esa unday emasdi. Barchasini erinmasdan tushuntirardi. Keyingi murabbiy “Slovan” murabbiyi Yozef Yankesh. 1937 yilda tug'ilgan tajribali murabbiy. Bu inson juda qattiqqo'l va talabchan edi. Mashg'ulotlar vaqtida o'zi maydonda turib o'rgatib turardi. Yoshlari bir joyga borib qolgan bo'lsa ham futbolda olamida murabbiylik qilishda etakchilardan biri edi. Nimalar qilishni yordamchilari ko'rsatib berishardi. Nihoyat uchinchi murabbiy Tachmurad Agamurodov. U ham Kumikovga o'xshab o'z ishiga juda yaxshi munosabatda. Bu insonni ham tajribali ustoz deb bilaman. Agamurodovning har bir mashg'ulotida qandaydir yangilik bo'ladi.

Matluba: Evropada futbol matbuoti qanday ishlaydi? Ulardan nimalarni o'rganish mumkin?
- Juda kuchli ishlaydi. Oddiy misol yaqinda CHexiya terma jamoasi hujumchisi David Limberski mast holda mashina haydab buning ustiga DAN xodimlaridan qochgan. Buni matbuot yoritdi va futbolchini keskin tanqid qildi. Buning natijasida murabbiylar uni EVRO-2016 saralashi doirasidagi navbatdagi o'yinlarga chaqirishmadi. Mana sizga matbuotning kuchi. Ulardan nimalarni o'rganish mumkinligini aytib bera olmayman, yaxshisi borib ko'rish kerak xolos (kuladi). “Slovan”da ham, “Bogemians”da ham matbuot xizmati professional ishlardi. Bir necha xodim intervyular, foto va videolarni taqdim etib borishardi.   

Narzulla: Agar buning imkoni bo'lsa faoliyatingizda nimani o'zgartirgan bo'lar edingiz?
- “Slovan” va “Bogemians”da o'ynab yurganimda ko'p narsani qo'ldan boy berganman deb o'ylayman. Yoshligim pand berganmi deb o'ylab kolaman. Masalan, mashg'ulotlar soat 9da boshlansa men soat 9da borardim. Qolganlar esa 8da bazaga kelib trenajer zalida ishlashardi. Agar hozirgi aqlim bo'lganida oldinroq borib o'z ustimda ishlardim, ko'proq mehnat qilgan bo'lardim. Yakub Silvestr hozir “Nyurberg”da o'ynmoqda. U “Slovan”da mening o'rnimga zaxiradan maydonga tushardi. “Bogemians”da sherigim Milan SHkoda hozir CHexiya terma jamoasining asosiy hujumchisi hisobalandi. Yana bir misol “Sparta”da menga qarshi o'ynagan Uilfrid Boni ayni paytda “Manchester Siti”da o'ynamoqda...Bunday misollar juda ko'p.

Matluba: Futbolchilikni tugatgach o'zingizni qaysi sohada ko'rasiz?
- (uylanib) Murabbiy bo'lib ishlamoqchiman. CHexiyada murabbiylar bilan tanishib olgandim. Dastlab “C” licenziyasiga o'qishni rejalashtirayapman. Nasib qilsa murabbiy bo'lib faoliyatimni davom ettiraman.



Narzulla: Ananaviy savol: Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi...
- "Slovan" safida "Nitra" bilan o'yinda hisob 1:1 bo'lib turgandi. Biz penalti tepishimiz kerak edi. Raqib darvozasida Slovakiya terma jamoasi darvozaboni Nitranskiy turardi. SHukrki 11 metrli jarima to'pidan gol urib jamoamga g'alaba keltirgandim. SHundan keyin “Bogemians”da shtatli penaltichilardan biriga aylangandim.

Jahonda futbolida esa, Roberto Badjoning penaltisi yodimda qolgan. Yo'q, 1994 yilgi emas, 1998 yil Franciya bo'lib o'tgan mundialning ilk o'yinida CHili bilan bahsda uning o'zi penalti ishlagandi. To'g'risi o'sha penalti belgilangan vaqtda Badjo to'rt yil oldingi noaniq penaltisini yodga olib erga qarab yig'lagudek bo'lgandi. O'zida kuch topgan Roberto 11 metrli jarima to'pidan gol urgandi.

Matluba Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov


“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim”

“Penalty”. Zohir Pirimov: “Futbol meni o'zgartirdi”

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda”

“Penalty”: Igor Sergeev: “Futboldagi hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi”

"Penalty": Temurxo'ja Abduxoliqov: “Xayriya fondi ochish niyatim bor”

“Penalty”: G'ulom-Haydar G'ulomov: “Futbol tufayli hayotda to'g'ri yo'ldan ketyapman”

“Penalty”: Timur Hakimov: “Penaltidan gol urishni ham bilish kerak”

“Penalty”: SHahzodbek Nurmatov: “Manchester Yunayted” tufayli futbolchi bo'lganman”

“Penalty+SHaxmat”: Nafisa Mo'minova: “Futbolda ham, shaxmatda ham aqlni ishga solish kerak”

“Penalty”: Mansur Saidov: “Umuman penalti tepmasligimga jiddiy sabab bor”

“Penalty”: Rasul Rahmonov: “Andijon”ni qiyin vaqtda tashlab ketgim kelmagan”

“Penalty”: Sato Minori: “Yakisoba, velosiped va 2002 yilgi mundial haqida”

“Penalty”: Artur Gevorkyan: “Penalti bu lotereya”

"Penalty": Jaloliddin Masharipov: “Neymarga rahmat deyishni o'rgatardim”

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика