Vitaliy Levchenko: "Bunday maydonda ijodkor futbol namoyish eta olmaysiz"
07 noy 2025 22:23
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "Bunday maydonda ijodkor futbol namoyish eta olmaysiz"
- O'yin haqida fikringiz?
- Kurashlarga boy, yaxshi o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa bugun nafaqat bir-biri bilan, balki maydon bilan ham kurash olib bordi. Chunki maydon holati yaxshi emasdi. Bunday maydonda ijodkor futbol namoyish eta olmaysiz, biz esa shunday o'yin ko'rsatishga o'rganib qolganmiz. Chempionat hali tugagani yo'q. Biz esa kurashyapmiz.
- "Buxoro" qaysi jihatdan noqulaylik tug'dirdi va birinchi taymda nima uchun "Neftchi" "oqsoqlanib" harakat qildi?
- "Buxoro" asosan kuchga tayanib futbol o'ynashini bilamiz. Jamoada bo'ydor futbolchilar ko'p va ular ko'pincha kurash olib boradi. Shu bois nimadir boshqa jihat bilan ajralib turdi deya olmayman. Ikkinchi taymda bir kishi kam bo'lib qoldik, natijada durang qayd etdik. Savolning ikkinchi qismiga kelsak, birinchi taymni maydonga moslashish, o'yinga kirishib ketish bilan o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda esa o'zimizga kelib oldik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar