Pedri sentyabr oyida terma jamoa yig'iniga boradi. "Barselona" esa futbolchi dam olishini xohlagandi
17 avg 2021 23:28
Yangiliklar
Pedri sentyabr oyida terma jamoa yig'iniga boradi. "Barselona" esa futbolchi dam olishini xohlagandi
Pedri dam olish nimaligini bilmayapti.
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri JCH-2022 saralash o'yinlari uchun Ispaniya termasi tarkibidan o'rin oldi. Ispanlar 2 sentyabrda SHveciya, 5 sentyabr kuni Gruziya va 8 sentyabr kuni Kosovo termasiga qarshi o'yin o'tkazishadi.
"Barselona" esa futbolchiga dam olishni maslahat bergandi. Ammo, Pedrining o'zi milliy jamoasi uchun o'ynashni istamoqda. Futbolchi Ispaniya termasini JCH-2022 yo'llanmasi uchun kechadigan muhim o'yinlarda yolg'iz qoldirmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Pedri o'tgan mavsumda 73 ta o'yin o'tkazib mutlaq rekord qo'ygandi.
Fikrlar