"Paxtakor" ilk o'yinini o'tkazganiga 60 yil to'ldi
08 apr 2016 15:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204135_original.jpg)
![](/upload/storage/204135_220.jpg)
"Paxtakor" ilk o'yinini o'tkazganiga 60 yil to'ldi
Dastlabki uchrashuvlarini O'zbekistonning bosh jamoasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o'tkazgan. CHunki ayni paytda yurtimizning bosh arenasiga aylangan "Paxtakor" stadioni 1956 yilning avgust oyida ishga tushirilgan.
Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o'tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoa bilan to'qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g'alaba qozongan. O'yin qaydnomasi bilan tanishing:
"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.
"Paxtakor": Volostnov, Azizxo'jaev, Kozenkov, Vitkalov, Tazetdinov, Muqimov, Kaprov, Maqsudov, Kanunnikov, Murashov, Borkin.
Gol: Maqsudov, 44-pen.
Hozirga kelib jamoamiz 11 martadan O'zbekiston chempionatida va Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan.
"Paxtakor"ning 60 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar yil davomida o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar