Rasman: "Paxtakor" Quvvatov qaytganini elon qildi
05 jan 11:52
Yangiliklar
Rasman: "Paxtakor" Quvvatov qaytganini elon qildi
O'tgan mavsum "Qizilqum"da o'ynagan darvozabon Sanjar Quvvatov "Paxtakor" safiga qo'shildi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Tajribali darvozabon 2 yillik tanaffusdan so'ng yana jamoamiz safiga qaytdi. "Paxtakor" tarkibida 2019-23 yillar davomida 106 o'yinda maydonga tushgan Sanjar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekildi.
Quvvatov "Sherlar" tarkibida 5 marta O'zbekiston chempioni bo'lib, 2 martadan O'zbekiston Kubogi va Superkubogi, bir bor Liga Kubogini qo'lga kiritgan", – deyiladi xabarda.


Championat.asia sayti ushbu transfer haqida 16 dekabr kuni xabar bergan edi, 5 yanvarga kelib bu xabar o'z tasdig'ini topdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar