"Paxtakor-2011" Rossiyadagi xalqaro turnirda g'olib bo'ldi
13 may 2022 20:49
Yangiliklar
"Paxtakor-2011" Rossiyadagi xalqaro turnirda g'olib bo'ldi
Guruh bosqichida "CHertanovo-2", "Spartak Alaniya" va "Kosmos" jamoalari bilan to'qnash kelgan yosh "sherlar" 7 bellashuvda 7 ochko to'plashdi.
"Paxtakor" - "CHertanovo-2" - 2:2
Gollar: Po'latov 2 - Axilgov 2.
"Paxtakor" - "Spartak Alaniya" - 3:1
Gollar: Fayzullaev, Po'latov, Allanazarov - Kuchiev.
"Paxtakor" - "Kosmos" - 3:0
Gollar: Po'latov, Mirodilov. Musaev.
CHorak finalda "SKA Xabarovsk" jamoasi ustidan Po'latov va Allanazarovning gollari evaziga 2:0 hisobida dog'da qoldirildi. Yarim finalda "CHertanovo" bilan keskin bahsda Fayzullaev hamda Po'latovning gollari evaziga 2:1 hisobida g'alaba qayd etildi. Hal qiluvchi bahsda bugun "Prialit" jamoasiga qarshi bellashuv taqdirini Allanazarovning yagona goli hal qildi. SHu tariqa Isroil Tursunxo'jaev shogirdlari turnir g'olibiga aylanishdi. Darvozabon Muhammadamin Yoqubbekov musobaqaning eng yaxshi posboni, Temur Po'latov esa eng yaxshi futbolchi sifatida etirof etildi.
Fikrlar