So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Интер" "Қайрат"ни енгди, "Бенфика" "Байер"га ютқазди ва бошқа натижалар  0 03:00ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади  29 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Боруссия Д"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. Ҳусанов захирада қолди  9 01:24ЕЧЛ. "Қорабоғ" "Челси" билан дуранг ўйнади, "Вильярреал" "Пафос"га ютқазди  2 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  1 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  2 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  4 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5 22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  71 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  14 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2

Otabek Narzullaev: "Maqsadimiz kubok finali edi. Endi bor etiborimiz Superligaga qaratiladi" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "Maqsadimiz kubok finali edi. Endi bor etiborimiz Superligaga qaratiladi"

O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor" va "Mashal" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Yana o'zimizning xatolar evaziga gol o'tkazib yubordik. Bu vaziyatlarni o'ylab, xulosa qilishiz kerak. Nega biz o'yinning boshida gollar qo'yib yuboryapmiz? Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida charchoq sabab gol o'tkazib yuborish tabiiy, lekin nega uchrashuv boshida gol qo'yib yuborayotganimiz biroz tushunarsiz. Bu taktik jihatdan yo'l qo'yilgan kamchilik bo'lishi mumkin. Buning ustida ishlashimiz kerak. "Paxtakor"ni tabriklaymiz. Maqsadimiz kubok finali edi. O'xshamadi. Bor etiborimiz Superligaga qaratiladi.

- Jamoa o'yin boshida "Paxtakor"ga yaxshi qarshilik ko'rsatayotgandi. Xatto birinchi goldan keyin ham shunday bo'ldi, ammo ikkinchi goldan keyin jamoa o'yinni biroz tashlab qo'ydi. Hisob 1:3 bo'lganda jamoa katta ishtiyoq kursatdi. Bu ishtiyoqni ertaroq ko'rsatishning iloji yo'qmidi?

- Bu psixologik holat bilan bog'liq. Futbolchilar "Paxtakor", "Nasaf" kabi nomlarni eshitganda biroz cho'chishmoqda. Ikkinchi bo'lim ko'rsatdiki, raqibni hurmat qilgan holda istalgan jamoaga qarshi o'ynasa bo'ladi. Futbolchilarda ishonch bo'lsa, o'yin yaxshi chiqmoqda. O'yin davomida shunga urg'u qaratishimiz kerak. 

- Samandar Ochilov nega maydonga tushmayapti?

- U yaxshi futbolchi. Uning poziciyasi markaziy himoyachi. Hozirgi raqiblarda bo'yi uzun hujumchilar bor, shunga bu jamoalarga qarshi bo'yi uzun himoyachilardan foydalanyapmiz. Unga ham imkoniyat beramiz. Raqobatda kim yutib chiqsa o'sha maydonga tushadi. 

- "Neftchi" bilan o'yinda juda ko'p "brak"lar bo'ldi. Bugun ham shunga o'xshash holat yuz berdi. Bu raqibning darajasidan kelib chiqib bo'ldimi?

- Raqibning darajasi sabab deb o'ylamayman. Bu ruhiy holat, futbolchilar o'ziga bo'lgan ishonchni saqlay olmayapti. Agar biz "Andijon"ga qarshi o'yin kabi ishtiyoq bilan maydonga chiqqanamizda har bir jamoaga muammo tug'dirgan bo'lardik. Mag'lubiyatlardan keyin biroz qo'rquv bo'lmoqda. Bu har bir jamoada bo'ladi. G'alaba uchun ko'z yonib tursa, istalgan raqibdan ochko olsa bo'ladi. Bu ruhiy kamchilik deb o'ylayman.

Reyting: -1   

Fikrlar

+1   
27 avg 00:30:24
Санжар
Оллааа
   
27 avg 06:03:28
Б Х
Чичиб куйдик дегин Оташ!!!!!!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика