So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  2 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

SHomurodov? Parij Olimpiadasida O'zbekiston tarkibida yoshi katta futbolchilardan kimlar qatnashishi malum Yangiliklar

SHomurodov? Parij Olimpiadasida O'zbekiston tarkibida yoshi katta futbolchilardan kimlar qatnashishi malum

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij olimpiadasida ishtirok etishidan xabaringiz bor.

Kecha Husanov va Fayzullaev OTJ tarkibiga qachon kelib qo'shilishi haqida xabar bergan edik.

Husanov va Fayzullaev qachon O'zbekiston U-23 terma jamoasi ixtiyoriga qo'shiladi?!

Bosh murabbiy Timur Kapadze olimpiadaga 3 nafar yoshi katta futbolchi olib ketishni mo'ljallamoqda. Bu haqda saytimiz jurnalisti Tolibjon Qosimov malum qildi. Bular:

Eldor SHomurodov ("Roma")

Oston O'runov ("Persepolis")

Akmal Mozgovoy ("Nasaf")

Ushbu 3 nafar yoshi katta futbolchilar ro'yxati "Nasaf" himoyachisi Alibek Davronovning jarohati qay darajada jiddiyligi va davolanish davomiyligiga qarab o'zgarish ehtimoli mavjud. Yani, yuqoridagi futbolchilardan biri qaysidir markaziy himoyachi (katta ehtimol bilan Husniddin Aliqulov)ga almashtirilishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, Olimpiada uchun jamoalar faqatgina 18 nafar futbolchini "zayavka" qilishlari mumkin. Bundan tashqari, yana 4 nafar o'yinchini zaxira varianti sifatida ro'yxatdan o'tkazish mumkin. Musobaqa payti 18 talikdan kimdir jarohat olib yoki betob bo'lib qolgan o'yinlarda o'ynay olmasa, uning o'rniga o'sha 4 nafar zaxiradagi futbolchilardan birini "zayavka"ga kiritish mumkin bo'ladi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика