Husanov va Fayzullaev qachon O'zbekiston U-23 terma jamoasi ixtiyoriga qo'shiladi?!

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2024, 15:16
Xabaringiz bor, Parij olimpiadasining futbol bahslari shu yilning 24 iyulidan 10 avgustiga qadar bo'lib o'tadi.

Ilgariroq Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiyachilarimiz 3 iyul kuni yig'ilishi haqida xabar bergan edik.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi 3 iyul kuni yig'inga kirishadi, Fransiyaga qachon uchib ketilishi ham ma'lum

Hozircha OTJ legionerlaridan Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullaevning Olimpiadada ishtirok etishi aniq bo'lgan. Har ikkala futbolchimizning klublari ularni Parij olimpiadasiga qo'yib yuborishlarini ma'lum qilishgan. Unga ko'ra, Husanov va Fayzullaev U-23 terma jamoamiz ixtiyoriga 10 iyulda qo'yib yuboriladi. Ular katta ehtimol bilan terma jamoaga Marselda qo'shilishadi.

Hojimat Erkinov ("Al Vahda"), Umarali Rahmonaliev ("Rubin") va Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Qayrat")larning klublaridan javob xati kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikasi termalariga qarshi o'ynaydi.

Ispaniya – O'zbekiston

24 iyul, Parij 

O'zbekiston - Misr

27 iyul, Nant

Dominikan Respublikasi – O'zbekiston

30 iyul, Parij

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia